9 may Xotira va qadrlash kuni

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

5249266427846846810 5249266427846846812 5249251880792619147

 

Har yili 9-may mamlakatimizda “Xotira va qadrlash kuni” bayrami chuqur hurmat bilan keng nishonlanadi. Bu sana – ona yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning jasorat va fidoyiligini yodga olish, shuningdek, Vatan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni qadrlash timsolidir. Bu kun nafaqat o‘tmishga hurmat, balki kelajak avlodni vatanparvarlik, insoniylik, sadoqat va ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshli ustozlarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko‘rsatiladi.

 

5249266427846846811 5249266427846846835 5249266427846846813

 

Bugun ana shunday ezgu sa’y-harakatlarining amaliy ifodasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy tadbirda namoyon bo‘ldi.

Tadbir marosimida institut rahbariyati, faxriy ustozlar, olimlar, yosh ilmiy xodimlar, doktorantlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

5249266427846846815 5249266427846846836 5249251880792619148 5249266427846846814

 

Institutda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram dasturxoni tashkil etildi. Bu yerda uzoq yillar davomida tuproqshunoslik sohasi rivojiga o‘z mehnatlari bilan hissa qo‘shgan mehmonlar, aziz ustozlarni kutib olish marosimi bilan boshlanib, rasmiy ochilish nutqlari va samimiy tabrik so‘zlari bilan davom etdi.

Institut tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun fidokorona xizmat qilgan ajdodlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, yoshlar qalbida vatanparvarlik, insoniylik, ilmga va ustozga hurmat ruhini shakllantirishda ahamiyatlidir.

9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayram tadbiri ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

 

 

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti