![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:
- 2 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yildan buyon ilmiy himoyaga chiqqan 1 ta fan doktori (DSc) va 3 ta falsafa doktori (PhD) diplomlari tantanali topshirish marosimi ham o‘tkazildi.
Diplomlar institut direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!