IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING YIG‘ILISHI

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
5289932582659690899 1 5289932582659690898 1 5289932582659690900 1 5289932582659690901 1

Xabar berib borganimizdek institutning qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh. Bobomurodov olib bordi.

Yig‘ilishda  J. Xobirushmurodovning «SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROEKOLOGIK HOLATI, MOSH VA LOVIYA EKINLARIDA OG‘IR METALLARNING AKKUMULYATSIYASI» (Nurobod tumani tuproqlari misolida) mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi q.x.f. falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining muhokamasi o‘tkazildi.

 

Talabgor tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan J.Xushmurodovning dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

 

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti