HALQARO SEMINAR: Yevropada O‘zbekiston Tuproqshunos olimlari ilmiy-amaliy tajribalarini yanada mustahkamlashmoqda

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

 

photo 2025 05 30 12 12 25 photo 2025 05 30 12 10 57 photo 2025 05 30 12 11 00 5319248126751666432

Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining 3 nafar olimari Portugaliyada tuproq biologik xilma-xilligi bo‘yicha o’quv seminarda ishtirok etmoqda.

FAO va Koimbra universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro seminarda Canada, Braziliya, Costa Rica, Mexika, Trinidad Taboga davlatlaridan kelgan soha olimlari ishtirok etmoqda.

Maqsad - Tuproq biologik xilma-xilligini baholash, monitoring qilish va ushbu yo‘nalishda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha ilg‘or nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish va tajriba almashishdan iborat.

Portugaliya — Janubi-G‘arbiy Yevropada joylashgan, Atlantika okeaniga chegaradosh davlat. Mamlakat relyefi tepaliklar, past tog‘lar va qirg‘oqbo‘yi tekisliklaridan iborat. Portugaliya qishloq xo‘jaligida uzumzorlar, zaytun bog‘lari va g‘alla yetishtirish muhim o‘rin tutadi.

Tuproq va ekologiya sohasida Koimbra universitetida bir nechta ilg‘or ilmiy markazlar faoliyat yuritadi. Ular orasida Tuproq biologiyasi, Ekologiya, Atrof-muhit fanlari va Ekotizim xizmatlari bo‘yicha bo‘limlar ajralib turadi. Universitet ilmiy-tadqiqotlar orqali tuproqning ekologik funksiyalari, biologik xilma-xilligi va barqaror boshqaruvi bo‘yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etmoqda.

Seminar ishtirokchilari Portugaliyaning eng baland tog‘ tizmasi bo‘lgan Serra-da-Estrelaga tashrif buyurib, tuproqdagi biologik xilma-xillikni o‘rganish uchun namuna olish ishlarini olib borishdi. SoilBON protokollari asosida maxsus asboblar bilan jihozlangan holda, nsmunsls olish va saqlash usullarini amalda qo‘llashdi.

Shuningdek Koimbra universiteti laboratoriyalarida mikroartropodlar — kichik tuproq hasharotlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanishdi. Laboratoriya mutaxassislari Sara Mendesh, Filipa Reysh, Rikardu Leytaolar ishtirokida tuproqdagi enzimlar faolligi, mikroorganizmlar respiratsiyasi va microorganizmlarni ajratish bo‘yicha usullar, jumladan Tullgren uskunasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Muxtasar qilib aytganda ushbu xalqaro seminar nafaqat amaliy va ilmiy ko‘nikmalarni oshirishga, balki tuproq biologik xilma-xilligiga doir global muammolarni birgalikda hal qilish uchun hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi. Institutimiz tadqiqotchilarining xalqaro seminar jarayonlarida faol ishtirok etayotgani — ularning xalqaro darajadagi ilmiy tajribasini boyitish va kelgusi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti