![]() |
![]() |
![]() |
Avval xabar berib borganimizdek, qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda ilmiy tadqiqot institutlari rahbar va xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari Misr Arab Repsublikasida xizmat safarida bo‘lib turibti.
Ma’lumot uchun: qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlaridan iborat ishchi guruh a’zolari tarkibida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, Shuhrat Bobomurodov hamda bo‘lim boshlig‘i Jahongir Qo‘ziyevlar ham faol ishtirok etishmoqda.
Ishchi guruh a’zolari “Misr Davlat tuproq laboratoriyasi”ga tashrif buyurishdi.
Ushbu laboratoriya Misrda yagona, markazlashgan tashkilot emas. Buning o‘rniga, bir nechta tashkilotlar va laboratoriyalar qishloq xo‘jaligi, qurilish va atrof-muhitni o‘rganish kabi turli maqsadlar uchun tuproq sinovlari va tahlillari o'tkaziladi.
Yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlangan mazkur laboratoriya Qishloq xo‘jaligi tuproqlarini tezroq, maksimal aniqlik bilan tahlil qilish imkonini beradi. Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki tuproq laboratoriyasida har qanday qishloq xo'jaligini boshqarish dasturi uchun qishloq xo‘jaligi tuproqlarini to‘g‘ri tahlil qilish qanchalik muhimligini hisobga olib yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda halqaro miqyosda 3-o‘rinda turadigan “Misr Davlat tuproq laboratoriyasi” qishloq xo'jaligi tuproqlari tahlillari natijasining yuqori sifati bois eng tezkor va raqobatbardosh tahlil laboratoriyasi hisoblanadi.
Shuningdek delegatsiya a’zolariga misrlik mutaxassislar tomonidan zamonaviy priborlar bilan jihozlangan ushbu laboratorida tuproqni ham o‘simlikni ham, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toksikodlar, og‘ir metallar, pestitsidlarni ham juda tezkorlik bilan 24 soat ichida aniqlash imkoniyati mavjudligi haqida tushunchalar berib o‘tishdi.