![]() |
![]() |
![]() |
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining tegishli chora-tadbirlar rejasiga asosan xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun ana shunday tadbirlardan biri institut direktori Shuhrat Bobomurodov hamda bo‘lim boshlig‘i Jahongir Qo‘ziyevlarning Misr Arab Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari bo‘yicha “Kasbiy ma’rifat soati” tashkillashtirildi.
Taqdimotni bo‘lim boshlig‘i J. Qo‘ziyev olib bordi.
Tadbirda Zoom platformasi orqali hududiy bo‘linmalar rahbar va xodimlari ham ishtirok etishdi.
Taqdimotda asosan Misr Arab Respublikasi qishloq xo‘jaligi tiziminig barcha sohalarini to‘liq qamrab olinganligi, amalga oshirilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyati, maqsadi va ilmiy-ijodiy ahamiyati, shuningdek, halqaro miqiyosda o‘zaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari haqida so‘z yuritildi.
Taqdimot yakunida olimlar o‘zlarining qiziqtirgan savolariga javoblar olishdi.