Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida dolzarb masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriq va vazifalar bo‘yicha qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilib, yig‘ilishda institut markaziy apparati direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar, tizim tashkilotlari rahbarlari va mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
 
5224639948660016249 5224639948660016252 5224639948660016254 5224639948660016255

Yig‘ilishda, avvalo, sohada ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan holda, tezkorlik bilan amaliy ishlarga o‘tish kerakligi, bunda har bir mas’ul o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarish lozimligi qayd etildi. Institutning nihoyasiga yetkazilgan loyihalari bo‘yicha ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda yangi dasturlani ishlab chiqish, sohaga grand loyihalarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Binobarin, markaziy institut tizimidan tortib hududiy bo‘linmalargacha barcha mas’ullar har oyda hech bo‘lmaganda bittadan asosli takliflarni vazirlikka taqdim etishi qat’iy ta’kidlandi.


Har bir tizim tashkilot grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha yangi dasturlarni ishlab chiqib, o‘z vaqtida markaziy institutga taqdim etishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda, sohada olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion yechimlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida dronlar bilan ishlash, tuproq monitoringi bo‘yicha institutning aniq dasturini ishlab chiqish, tuproq haqidagi ma’lumotlarni yer egalariga sifatli va tezkor tarzda yetkazish va shu bilan birga soha faoliyatini keng ommaga targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinib, ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish davomida ijro intizomi va samaradorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi islohotlar jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi. Ayniqsa, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, hujjatlar ijrosining to‘liq va natijali amalga oshirilishni ta’minlash mas’uliyatni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilish yakunida Sh. Bobomurodov har bir xodim o‘z ishiga eskicha yondashishdan voz kechishi zarur, yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
-Bugungi islohotlar yangicha yondashuvlar, samarali va zamonaviy boshqaruv usullarni joriy etishni talab qilmoqda. Shu bois har bir xodim o‘z ishiga vijdonan yondashishi, jamoaviy hamkorlik va tashabbuskorlikni ustuvor qo‘yishi zarurligi qayd etidi.
 
5224420235313020445 5224639948660016257 5224192447427510427
 
 
© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti