halqaro hamkorlik

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
photo 2025 08 14 10 01 47 photo 2025 08 14 10 02 19 photo 2025 08 14 10 02 27 photo 2025 08 14 10 02 29

 

Tuproqshunoslik sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik harakatlari bo'yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🌟Koreya davlatining Xorijda qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish uyushmasi boshqarma boshlig’i Li Kyong Vu boshchiligidagi tadqiqot guruhining tashrifi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali yer unumdorligi v a hosildorlikni oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, potensial pilot hududlarni aniqlash, mavjud agrotexnik sharoitlarni tahlil qilish va ODA (Official Development Assistance – Rasmiy Rivojlanish Yordami) doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning konseptual asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan.

🤝Uchrashuvda institut direktori Shuhrat Bobomurodov sohada muvaffaqiyatli hamkorlik harakatlarini qurishning asosiy elementlari, jumladan, rejalashtirish va amalga oshirishning amaliy vositalari hamda hamkorlikni ilmiy innovatsion yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, u hamkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagan holda institut faoliyati, mamlakatimiz tuproqlari haqidagi aniq ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

💬Shundan so‘ng Koreya davlatining Xorijda qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish uyushmasi (Korea Overseas Agro‑Resources Development Association) boshlig‘i Li Kyong Vu o‘z navbatida Koreya agrar sohadagi loyihalarini xalqaro miqyosda kengaytirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi Koreya kompaniyalarining xorijiy mamlakatlarga investitsiyalar kiritishini rag‘batlantirish, resurslar rivoji, texnologiya transferi va texnik yordam ko‘rsatish orqali keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida tushunchalar berib o‘tdi.

💬O’g’itlar sohasida ekspert, konsultant Cho I sok – tomonidan organik o‘g‘it ishlab chiqarish va uni hududlarda joriy etish bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda o‘g‘it ishlab chiqarish texnalogiyalari, o‘g‘itni tuproqda qo‘llash jarayonlari va o‘simlikni sho‘rlanishga chidamliligini oshirish hamda tajriba dalalaridan olingan natijalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

✔️Uchrashuv muhokamalarga boy va qizg‘in savol-javoblar bilan do‘stona tarzda yakunlandi.

 

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti