XASHAR ELGA YARASHAR

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
photo 2025 08 22 12 45 27 photo 2025 08 22 12 45 30 photo 2025 08 22 12 45 32 photo 2025 08 22 12 45 34

 

☄️Asrlar davomida xalqimiz tomonidan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilib kelingan. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.

🌟Bugun erta tongdanoq Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining barcha ishchi xodimlari mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xashar ishida hozir bo‘lishdi.

☝️E’tiborlisi, obodlikka qaratilgan harakatlar o‘zbek xalqining turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Faqat o‘zimizgagina xos bo‘lgan hasharning qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas. Zero, xashar ishi azaldan insonlarda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini, ezgu fazilatlarni mustahkamlovchi vosita sifatida e’zozlanib kelinadi.

 

photo 2025 08 22 12 45 36 photo 2025 08 22 12 45 37 photo 2025 08 22 12 45 38 photo 2025 08 22 12 45 39

 

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti