Xalqaro hamkorlik

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
        photo 2025 09 10 13 14 04 photo 2025 09 10 13 14 08 photo 2025 09 10 13 14 09 photo 2025 09 10 13 14 10

     Shu kunlarda mamlakatimizga bo'lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslar tadqiqot instituti professori Li Fadong boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurishdi.

⏳Kunning birinchi yarmida institut direktori Shuhrat Bobomurodov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nodirjon Abduraxmonov hamda institut olimlari bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda bugungi global iqlim o‘zgarishi davrida qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy asoslarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun tajriba almashish, sohada mavjud muammolarning yechimini birgalikda hal etish, qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarish, shuningdek ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari institut faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

❗️Ma’lumot uchun: Bugun kunning ikkinchi yarmida instiutning katta majlislar zalida professor Li Fadong va assistent-professor Peifang Lenglar tomonidan seminar trening bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

                                    photo 2025 09 10 13 14 12 photo 2025 09 10 13 14 14 photo 2025 09 10 13 14 17
© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti