![]() |
![]() |
![]() |
🌟Xabaringiz bor shu kunlarda Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sho‘r va ishqorli yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasida ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya ishi davom etmoqda.
🌟Mazkur nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Sh. Bobomurodov hamda Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi boshlig‘i Z. Baxodirovlar ishtirok etib sohaga oid muhim mavzular bo‘yicha taqdimotlari tinglandi.
✍️Konferensiya - 2030-yilgacha Xitoyda yetakchi texnologik innovatsiyalar markazi va sho‘rlangan yerlardan kompleks foydalanish bo‘yicha dunyodagi muhim markaz: iste’dodlar zaxirasi, innovatsion yechimlar uchun sinov maydonchasi, sanoat texnologiyalari manbai, xalqaro almashinuv va hamkorlik platformasini qurishdan iborat bo‘lgan ushbu ilgari surilgan strategik maqsadlar “Bir kamar va yoʻl” tashabbusi boʻylab mamlakatlar va mintaqalarda qishloq xoʻjaligining yuqori sifatli rivojlanishiga yordam berishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek kelgusida sho‘rdan zarar ko‘rgan yerlarni global kompleks boshqarish, sho‘rlangan tuproqlarda jahon oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi fan va texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy-texnikaviy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etishni yanada kuchaytirish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha muhim tadqiqotlar olib borish kabi muhim masalalar haqida muhokamalar ham o‘rin olgan.
🤝Konferensiya kun tartibida o‘tkazilgan taqdimot va muhokamalardan so‘ng tadbir ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro kelishuv va memorandumlar imzolash marosimi o'tkazildi. Shu jumladan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Xitoy davlatining nufuzli ilmiy tadqiqot instituti bilan memorandum imzolashga erishildi. Institut olimlari Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti va Xitoy FA Geografiya va ekologiya ilmiy-tadqiqot instituti masul xodimlari bilan ham o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilishdi.
❗️Ma’lumot uchun: Konferensiya bugun 26-avgust kuni o‘z ishiga yakun yasaydi.