2020 yilda amalga oshirilgan ishlar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar
Institut olimlari tomonidan 2020 yilda Jismoniy va yuridik shaxslar, ilmiy va mustaqil tadqiqotchilar hamda er egalari uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida mobil ilovalar va elektron dasturlar ishlab chiqildi.
✅“Sho‘rlangan tuproq mobil ilovasi”
✅“Tuproq geoaxborot tahliliy dasturi”
✅“Tuproq unumdorlik modellari maʼlumotlari bazasi” dasturiy mahsulotlari ishlab chiqildi.
📝Mazkur dasturlarga Intelektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomalari berildi.
“Tuproqshunoslik raqamli jamiyatda” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiyasi oʼz ishini boshladi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Ushbu konferentsiyada Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ozarbayjon, Oʼzbekiston hamda boshqa xorijiy mamlakatlarining tuproqshunos olimlari qatnashmoqda. Mazkur konferentsiyada Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining bir qator olimlari ham ishtirok etishdi.
Konferentsiyaning ochilish marosimida institut direktori, b.f.d. Sh.M.Bobomurodov “Tuproqshunoslikni raqamlashtirish - muammolari, yutuqlari va istiqbolli yoʼnalishlari” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi. Sh.M.Bobomurodovning maʼruzasi tashkiliy qoʼmita hamda yigʼilganlarda katta taassurot uygʼotdi.
Аnjumanda shuningdek bir qator mamlakatlarning Tuproqshunoslik institutlari rahbarlari hamda Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqi prezidenti Laura Berta Reyes Sanches maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Аnjuman tuproqshunoslik sohasini raqamlashtirish, ushbu yoʼnalishda erishilgan yutuqlar, kelajakda hal qilinishi lozim boʼlgan masalalar yechimiga qaratilgan.
Xalqaro ilmiy konferentsiya 1-3 mart kunlari boʼlib oʼtadi.
Yangiliklar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
2021 yil 1 yanvar holatiga jami 113 nafar Ilmiy xodimlar, texnik xodimlar va loborantlar ish faoliyati olib bormoqda.
Shulardan:
78 (69%) nafari erkaklar,
35 (31%) nafari ayollar shulardan 15 nafari (30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni ) yoshlarni tashkil etadi.
2020 yil davomida institutga jami 20 nafar yangi xodimlar bilan shartnoma imzolangan bo'lib shundan
16 nafari (80 %) erkaklar, 4 nafari (20 %) ayollar shulardan 9 nafari (45 %) yoshlar tashkil etadi.
Ilmiy izlanuvchilar uchun kompyuter dasturi yaratildi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining bir qator olimlari tomonidan qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy izlanishda bo'lgan tadqiqotchilar uchun yengillik va qulaylik yaratish maqsadida Tuproqlarning tuzli profili va granulometrik tarkibini yaratish dasturi ishlab chiqildi.
Mualliflik guvohnomasi
Dasturning imkoniyatlari:
Tuproqlarning genetik gorizontlar yoki hisobiy qatlamlar bo‘yicha o‘rtacha mexanik tarkibi, shu qatlamdagi suvda oson eruvchi tuzlarning anionlar (HCO3, CI, SO4) va kationlar (Ca, Mg, Na) tarkibi va nisbatlari, tuzli gorizontlarning tuproq profilida joylashish chuqurligi va tiplari to‘g‘risidagi maʼlumotlari grafik, diagramma, nonogramma va jadval ko‘rinishlarida taqdim etiladi.
Qo‘llanish sohasi:
Ushbu dastur tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, melioratorlar shu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar, barcha qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, yerlardan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, oshirish va himoyalash chora tadbirlarini ishlab chiqishda suv va resurs tejovchi, tuproq-meliorativ holatini yahshilovchi samarali chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
Huquq egasi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Dastur mualliflari: Mirzambetov Abdirashit Bazarbayevich, Axmedov Almon Usmanovich, Ro'zmetov Maksud Ismailovich, Turdaliyev Jamolbek Mo'minaliyevich, Parpiyev G'afurjon Toxirovich, Geldiyev Odil Alpomishovich, Burxanova Nigora Xamid qizi.
Elektron dastur O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni DGU 09995-raqam bilan ro'yxatga olingan.
EHM turi: Pentium IV
Dasturlash tili: С# .Net Framework 4.5
Operatsion muhit: Windows XP, Windows 7, Windows 10
Ro‘yxatga olinayotan dastur hajmi 699 kб.