![]() |
![]() |
![]() |
Tuproqshunos olimlar Navoiy viloyati tuproqlarini muhofaza qilish, unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish bo‘yicha Tuproq monitoringi amaliy ishlarini amalga oshirishmoqda


Tuproq monitoringi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida Tuproq monitoringi tuproqdagi o‘zgarishlarni davriy kuzatib borish tizimi haqida alohida bandda keltirilib o‘tilgan.
Gipsli tuproqlar asosan cho‘l zonasining sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari, och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi va gidromorf tuproqlarda keng tarqalgan.
Bugungi kunda institut olimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Tuproq monitoringini amalga oshirish hamda tuproqning unumdor qatlamini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarni tadqiq qilish ishlari jarayonida Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi Mingbuloq massivi yaylov choʻl oʻtloqi tuproqlarida kam uchraydigan gips (soqolsimon) koʻrinishi aniqlandi.
Xalqaro FAO tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda gipsli tuproqlar 66 560 km2 maydonni egallab, shundan 16616 km2 yoki qariyb 25,0 foizi Makaziy Osiyo davlatlari hududiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun:
Respublikamizning sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yer maydonlaridagi gipsli tuproqlarning maydoni 383,2 ming gektardan ortiq bo‘lib, bu jami sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining 10,3 foizini tashkil etadi. Shundan turli darajada gipslashgan yerlarning 5,1 foizi kuchsiz, 3,5 foizi o‘rtacha, 1,8 foizi kuchli va juda kuchli gipslashgan tuproqlardir. Gipslashgan yerlar yuqori darajada sho‘rlanganligi, o‘ta zichlashganligi, suv o‘tkazuvchanligining yomonligi bilan tavsiflanib, bunday yerlar o‘simliklarning ildiz tizimlarini maqbul rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Respublikada: Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi, Sherobod, Malik cho‘l va Markaziy Farg‘onada tarqalgan. Muborak tumanida 70 000, Markaziy Farg‘ona (Beshariq, Buvayda, Rishton, Uchko‘prik, Oltiariq) tumanlarida 50 000 va Mirzaobod tumanida 34600 gektar yer maydonlarida tarqalgan.