![]() |
![]() |
🌟Shu kunlarda Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sho‘r va ishqorli yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasida ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Mazkur xalqaro ilmiy konferensiyada Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi soha olimlari shu jumladan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi soha olimlari va tegishli tashkilotlar rahbar va xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
❗️Ma’lumot uchun: Konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Bobomurodov Shuxrat Mexribonovich hamda Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi boshlig‘i Baxodirov Zafar Abduvaliyevichlar sohaga oid mavzularda taqdimotlari bilan faol ishtirok etishmoqda.