Xalqaro ilmiy konferensiya

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
 
photo 2025 08 26 12 18 19 photo 2025 08 26 12 18 23 photo 2025 08 26 12 18 25

⏳Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi soha olimlari bir nuqtada jamlandi

✍️So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida keng qamrovli ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib mustahkamlanib bormoqda. Albatta bunday ijobiy natijalar davlatimiz tomonidan agrar sohada olib borilayotgan islohotlar samarasidir.

☄️Shu kunlarda Xitoy davlatida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy konferensiya Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi soha olimlarini bir nuqtada jamladi. 

🌟Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sho‘r va ishqorli yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasida ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiyaning asosiy maqsadi:

*️⃣Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida sho‘r va ishqorli tuproq melioratsiyasi sohasida akademik almashinuvni mustahkamlash;

*️⃣sho‘r va ishqorli tuproq resurslaridan ilmiy asoslangan va samarali foydalanishga ko‘maklashish;

*️⃣hududiy ekologik muhitni yaxshilash va barqaror rivojlanishni ta’minlash;

*️⃣oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va boshqa mavzuga oid  tashkiliy masalalardan iborat.

🔴Yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak konferensiya doirasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

✔️Ushbu memorandum kelgusida aynan tuprqshunoslik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, dolzarb masalalar yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish, birgalikda muhokamalar olib borish va boshqa shakllarda tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qilishga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir.

🗣Mazkur xalqaro ilmiy konferensiya kun tartibida mavzuga oid taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Ma’lumot uchun:
🗄Tadbirning asosiy qismida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Bobomurodov Shuxrat Mexribonovich “Tuproqning degradatsiyasi va uning oldini olishga zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi taqdimoti o‘tkazildi.

🗄Shuningdek konferensiyada   Changji shahri, Jinxiu zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib unda Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi boshlig‘i Baxodirov Zafar Abduvaliyevich “Tuproqni tahlil qilishda masofadan zondlash va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” mavzusidagi taqdimoti ham o‘rin olgan.

 

© 2025 Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti