Ilmiy izlanuvchilar uchun kompyuter dasturi yaratildi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining bir qator olimlari tomonidan qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy izlanishda bo'lgan tadqiqotchilar uchun yengillik va qulaylik yaratish maqsadida Tuproqlarning tuzli profili va granulometrik tarkibini yaratish dasturi ishlab chiqildi.
Mualliflik guvohnomasi
Dasturning imkoniyatlari:
Tuproqlarning genetik gorizontlar yoki hisobiy qatlamlar bo‘yicha o‘rtacha mexanik tarkibi, shu qatlamdagi suvda oson eruvchi tuzlarning anionlar (HCO3, CI, SO4) va kationlar (Ca, Mg, Na) tarkibi va nisbatlari, tuzli gorizontlarning tuproq profilida joylashish chuqurligi va tiplari to‘g‘risidagi maʼlumotlari grafik, diagramma, nonogramma va jadval ko‘rinishlarida taqdim etiladi.
Qo‘llanish sohasi:
Ushbu dastur tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, melioratorlar shu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar, barcha qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, yerlardan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, oshirish va himoyalash chora tadbirlarini ishlab chiqishda suv va resurs tejovchi, tuproq-meliorativ holatini yahshilovchi samarali chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun foydalaniladi.
Huquq egasi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
Dastur mualliflari: Mirzambetov Abdirashit Bazarbayevich, Axmedov Almon Usmanovich, Ro'zmetov Maksud Ismailovich, Turdaliyev Jamolbek Mo'minaliyevich, Parpiyev G'afurjon Toxirovich, Geldiyev Odil Alpomishovich, Burxanova Nigora Xamid qizi.
Elektron dastur O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni DGU 09995-raqam bilan ro'yxatga olingan.
EHM turi: Pentium IV
Dasturlash tili: С# .Net Framework 4.5
Operatsion muhit: Windows XP, Windows 7, Windows 10
Ro‘yxatga olinayotan dastur hajmi 699 kб.
Yangiliklar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
ТАИТИ расмий канал
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили" да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида"ги фармони лойихаси муҳокамасида қишлоқ хўжалигини ривожлантиришга қаратилган лойихалар тўғрисида. Батафсил
(https://2021.strategy.uz/farmonuz)
Тупроқшунослик ва агрокимё илмий-тадқиқот институти ахборот хизмати
Каналга уланиш учун
Yangiliklar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
ТАИТИ расмий канал
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили" да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида"ги фармони лойихаси муҳокамасида қишлоқ хўжалигини ривожлантиришга қаратилган лойихалар тўғрисида.
XIII. Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришининг самарадорлигини ошириш, ер майдонлари ва сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш, интенсив технологиялар ва инновацион ишланмаларни кенг жорий қилиш, мамлакатнинг озиқ-овқат ҳавфсизлигини таъминлаш, аграр соҳа экспорт салоҳиятини ошириш, кластер тизимини ва барча йўналишларда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини чуқур қайта ишлашни янада ривожлантириш учун шарт-шароитлар яратиш йўналишларида қишлоқ хўжалиги соҳасини ислоҳ қилишни давом эттириш.
116. “Ягона дарча” тамойили бўйича фермер, деҳқон хўжаликлари, агрокластерлар, кооперациялар ва бошқа тадбиркорлик субъектларига инновацияларга асосланган сифатли агрохизматлар кўрсатишни йўлга қўйиш.
117. Қишлоқ хўжалигида экинлар ҳосилдорлигини ва самарадорликни ошириш.
118. Қишлоқ хўжалигида ер муносабатлари бўйича ислоҳотларни янада такомиллаштириш, ерларни бозор активларига айлантириш ҳамда ер участкаларини ижара ҳуқуқи билан фойдаланишга беришнинг замонавий ва шаффоф механизмларини жорий этиш.
119. Мамлакатда қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштириш ҳажмини ошириш мақсадида ирригация-мелиорация объектларини қуриш, реконструкция қилиш ҳамда суғориш қудуқларини ўрнатиш орқали жами 90 минг гектар майдонларни ўзлаштириш ва қишлоқ хўжалиги экинларини жойлаштириш.
120. Сувни тежайдиган технологиялар жорий этиладиган ер майдонларини кўпайтириш ҳамда сувни иқтисод қилиш технологияларини жорий этиш.
121. “Даладан истеъмолгача” тамойили асосида маҳсулотлар етиштириш бўйича қишлоқ хўжалиги кооперацияларини рағбатлантириш тизимини жорий этиш, хусусан, ёшлар ва хотин-қизларнинг фаол иштирокини таъминлаш.
122. Фойдаланишдан чиққан ерларни фойдаланишга киритиш ва янги ерларни ўзлаштириш ҳамда ерга ер қўшиш орқали қишлоқ ҳудудларида янги иш ўринлар яратиш ва 0,1-1 гектарлик кичик участкалардан иборат оилавий ва бошқа турдаги хўжаликлар кооперацияларини ташкил қилиш.
123. Қишлоқ хўжалиги экинлари селекцияси, уруғчилик ва кўчатчилик тизимини такомиллаштириш, харидорларни кафолатланган уруғлик ва кўчатлар билан таъминлаш механизмини жорий этиш.
124. Қишлоқ хўжалигини модернизация қилиш, рақамлаштириш, ернинг унумдорлигини ошириш, замонавий агротехнологияларни жорий этиш.
125. Қишлоқ хўжалиги тармоғи статистикасининг шаффоф механизмини жорий этиш ва рақамлаштириш.
126. Аҳолининг озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида гўшт, сут, тухум ва балиқ маҳсулотлари ишлаб чиқариш ҳажмларини ошириш.
127. Аҳоли томорқаларига комплекс хизмат кўрсатишни ташкил этиш учун республиканинг мева-сабзавот кўп етиштириладиган 32 та туманида томорқа хизмати кластерлари фаолиятини йўлга қўйиш.
Сиз ҳам ўз таклифларингизни бериш имконига эгасиз. Батафсил
Тупроқшунослик ва агрокимё илмий-тадқиқот институти ахборот хизмати
Каналга уланиш учун
@taiti_soil
Yangiliklar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yildan-yilga qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish salmogʼi ortib, respublikamizning oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlash bilan birga jahon bozoriga eksport hajmi koʼpayib bormoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrda “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish choratadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4059-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu Qaror mahalliy mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qilishni rivojlantirishga qaratilgan boʼlib, iqtisodiyotimizning bugungi kundagi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashtirish, mahalliy mahsulotlarimizning sifati va raqobatbardoshligini oshirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish, xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgandir.
Ushbu Qaror ijrosini soha hayotiga tadbiq etish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining “Tuproq tahlil markazi” davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazildi.
Bundan koʼzlangan eng asosiy maqsad Respublikamizning qishloq xoʼjaligi korxonalari, klasterlar, fermer va dehqon xoʼjaliklarida eksportga yoʼnaltirilgan raqobatbardosh qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biri boʼlgan tuproqlarni sifat jihatidan xalqaro standartlar talabiga javob berishini taʼminlashdir.
Maʼlumki, qishloq xoʼjaligi ekinlaridan rejalashtirilgan sifatli hosilni olish uchun tuproqda ekinlar talabiga mos oziqa rejimini yaratish zarur. Har bir ekin turining tuproq oziqa rejimiga talabi esa oʼziga xos xususiyatlarga ega boʼlib, bir-biridan farq qiladi. Аyni paytda ekinlarning oʼz vegetatsiyasi davrida tuproq oziqa rejimiga - tuproqdagi oziqa moddalarining miqdori va nisbatlariga talabi oʼzgarib boradi. Tuproqda mana shu oʼzgaruvchan talabga mos oziqa rejimi yaratilgandagina ekinlardan rejalashtirilgan sifatli hosilni olish mumkin.
“Tuproq tahlil markazi” zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʼlib, tuproq tahlillarini yuqori aniqlikda va sifatda bajarish imkoniyatlariga ega.
“Tuproq tahlil markazi” laboratoriyasi tuproq tahlillari boʼyicha quyidagi majmuaviy xizmatlarni investorlarga, klasterlar, fermer va dehqon xoʼjaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilarga taklif qiladi:
· tuproqning granulometrik tarkibi tahlili;
· tuproqning shoʼrlanganlik darajasi va shoʼrlanish tipini aniqlash;
· tuproq karbonatlari miqdorini aniqlash;
· tuproqda gips miqdorini aniqlash;
· tuproq muhitini (rN) aniqlash;
· tuproq elektr oʼtkazuvchaniligini aniqlash (mSm/sm);
· tuproqda gumus, azot, fosfor va kaliyning umumiy miqdorlari tahlillari;
· tuproqda asosiy oziqa moddalari (azot, fosfor va kaliy) ning harakatchan shakllari miqdorlarini va ushbu moddalar bilan taʼminlanganlik darajalarini aniqlash;
· suvning minerallashganlik darajasini (shoʼrligini) aniqlash;
· suv muhitini (rN) aniqlash;
· suvning elektr oʼtkazuvchaniligini aniqlash (mSm/sm);
· oʼsimlik organlari tarkibidagi asosiy oziqa elementlari (N,P,K) miqdorlarini aniqlash;
· tuproqlarning granulometrik tarkibi, shoʼrlanganligi, gumus va oziqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajalarini koʼrsatuvchi kartogrammalarini tuzish;
· koʼrsatilgan tahlillar asosida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, sugʼorish, shoʼr yuvish meʼyorlarini beligilash, mineral va organik oʼgʼitlarni qoʼllash boʼyicha tavsiyalar berish.
“Tuproq tahlil markazi” laboratoriyasi barcha xizmatlarini Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatiga (fan doktrlari, fan nomzodlari, falsafa doktorlari) tayangan holda amalga oshiradi.
