Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

fdgf

    Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar

 Institut olimlari tomonidan 2020 yilda Jismoniy va yuridik shaxslar, ilmiy va mustaqil tadqiqotchilar hamda er egalari uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida mobil ilovalar va elektron dasturlar ishlab chiqildi.

✅“Sho‘rlangan tuproq mobil ilovasi”
✅“Tuproq geoaxborot tahliliy dasturi”
✅“Tuproq unumdorlik modellari maʼlumotlari bazasi” dasturiy mahsulotlari ishlab chiqildi.

📝Mazkur dasturlarga Intelektual mulk agentligi tomonidan mualliflik guvohnomalari berildi.

 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

fdgf

 Ushbu konferentsiyada Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ozarbayjon, Oʼzbekiston hamda boshqa xorijiy mamlakatlarining tuproqshunos olimlari qatnashmoqda. Mazkur konferentsiyada Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining bir qator olimlari ham ishtirok etishdi.

 Konferentsiyaning ochilish marosimida institut direktori, b.f.d. Sh.M.Bobomurodov “Tuproqshunoslikni raqamlashtirish - muammolari, yutuqlari va istiqbolli yoʼnalishlari” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi. Sh.M.Bobomurodovning maʼruzasi tashkiliy qoʼmita hamda yigʼilganlarda katta taassurot uygʼotdi.

 Аnjumanda shuningdek bir qator mamlakatlarning Tuproqshunoslik institutlari rahbarlari hamda Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqi prezidenti Laura Berta Reyes Sanches maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
 Аnjuman tuproqshunoslik sohasini raqamlashtirish, ushbu yoʼnalishda erishilgan yutuqlar, kelajakda hal qilinishi lozim boʼlgan masalalar yechimiga qaratilgan.
Xalqaro ilmiy konferentsiya 1-3 mart kunlari boʼlib oʼtadi.

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований