Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5388846590019628457 5388846590019628460 5388846590019628459 5388846590019628458

 

Shu kunlarda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlar qizg‘in davom etmoqda. Jumladan tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha ham barcha tizim tashkilotlari qatorida muhim amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tuproq monitoringini amalga oshirish hamda tuproqning unumdor qatlamini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 33-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutning Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash bo‘limi mudiri Nazimxon Qalandarov boshchiligidagi bir guruh olimlar Namangan viloyatida tuproqlar monitoringi bo‘yicha dala tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda.


Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan ushbu tumanlarda tanlangan 15 ta kalit maydonlar (SEM va YaSEM)da tuproq melioratsiyasi, tuproq eroziyasi, tuproq agrokimyosi, og‘ir metallar, zaharli moddalar, pestitsidlar, radionuklidlar qoldiq miqdorlari konsentratsiyasi va boshqa ko‘rsatkichlari, tuproq unumdorligi va ekologik holatini aniqlash bo‘yicha dala tadqiqotlari olib borish maqsad qilingan.

Olingan tuproq namunalari laboratoriya – kameral ishlar bosqichlarida o‘tgandan so‘ng tuproq tahlil natijalari o‘tgan davr mobaynida bajarilgan izlanishlar, laboratoriya tadqiqotlari ma’lumotlarini hisobga olingan holida umumlashtiriladi, tahlil qilinib, aniqlangan salbiy jarayonlar bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5379740052466298814 5379740052466298816 5379740052466298824 5380085921887676637

 

Mazkur ma’rifat soatida institutning barcha rahbar va ishchi xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari va unda davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalar batafsil bayon etilgan “O‘zbekiston-24” telekanali axborot ko‘rsatuvining to‘liq hajmdagi elektron varianti namoyish etildi.

 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

  photo 2025 06 17 12 47 50  

Tuproq sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlashning 2 muhim yo‘li quyidagilardan iborat:

- Tuproq unumdorligini ta’minlash.

- Tuproqni eroziyadan va uning yuzasidan namlikning bug‘lanib ketishidan saqlash.

Bu ikki yo‘l tuproq zahiralarini himoyalashning asosi hisoblanadi. Buning uchun zahiralarning sarflanib ketishiga olib kelmaydigan ishlab chiqarish tizimlari talab etiladi. Qayta tiklash bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi chora-tadbirlari tuproqning unumdorligini va hosildorligini, shuningdek, uning suv toshqini va qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishi mumkin.

Qayta tiklash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

-tuproqqa mexanik ishlov berilishini bosqichma-bosqich kamaytirish;

-turli xil ekinlarni intensiv almashlab ekishni qo‘llash va shu orqali tirik ildizlarni saqlab qolish hamda funksional jarayonlar (chirish va ozuqa moddalari doiraviy aylanishi) uchun mas’ul bo‘lgan tuproq organizmlarini ozuqa bilan ta’minlashdir.

Dalada yil bo‘yi ekinlar yetishtirish yoki doimiy ekinlar bo‘lishini yoxud hech bo‘lmaganda, tuproqning boshqa organik qoldiqlar bilan yil davomida qoplanib turishini ta’minlash. Bunda tuproqni jazirama, jala va shamol ta’siridan muhofaza qilish uchun uning bir tekisda qoplanib turishi (o‘simlik qoldiqlarining bir tekisda taqsimlanishi)ga erishish zarur. Bunday yondashuv tuproqning qayta tiklanishi va yaxshilanishiga yordam beradi hamda eroziya tufayli yo‘qotilishining oldi olinadi.

Odatda, organik moddalarning yuza qatlami bilan himoyalangan tuproq yog‘ingarchilikni yaxshiroq singdiradi va undan unumli foydalanadi, chunki uning suvni o‘ziga tortishi va singishi imkoniyatlari ortadi, shuningdek, tuproq yuzasidan suvning bug‘lanishi kamayadi. Bu suvning yuzlama oqishini, tuproq eroziyasini kamaytiradi va himoyasiz qoldirilgan hamda buzilgan tuproqlardan farqli o‘laroq, tuproqning namligi butun mavsum davomida saqlanib turishini ta’minlaydi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5359511503826448259 5359511503826448260 5359511503826448261

Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida aqlli qishloq xo‘jaligi” (Climate Smart Agriculture in Uzbekistan) mavzusida davra suhbati faoliyatini boshladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi
 va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida o’tkazilayotgan mazkur tadbirda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.



Ushbu tadbir doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, aqlli qishloq xo‘jaligi amaliyotlari va Orolbo‘yida agro-ekotizim yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan muhokama etilayotgan masalalar bugungi kun uchun dolzarbligini alohida ta’kidlab, ushbu yo’nalishlarda ilmiy loyihalarni ko’paytirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha takliflar ilgari surildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5330514886825998606 5330514886825998607 5330514886825998593 5330514886825998591
 
Plastmassa mahsulotlari hayotning barcha jabhalarida keng qo'llanilishi sababli, atrof-muhitda plastik chiqindilar ham to'planib bormoqda. Shu sababdan bugungi kunda tuproq muhitining mikroplastik ifloslanishi allaqachon global ekologik muammoga aylanib ulgurdi. Mamlakatimizda bu yo‘nalish, ya’ni tuproq muhitida mikroplastik ifloslanishi bo'yicha tadqiqot ishlari nisbatan kam.

Joriy yil fevral oyida Yaponiyaning Tsukuba Universiteti professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga tashrifi chog‘ida “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi xususida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan tadqiqot ishlari yuzasidan kelishuv asosida memorandum tuzishga erishilgan edi.

Bugun ana shu kelishuv asosida professor Maki Asano boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar va o‘zbek tuproqshunos hamkasblar Xorazim viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanlarida dala tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Tuproqning ifloslanishi eng avvalo inson salomatligi, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri etadi. Shuningdek, tuproqdagi mikroplastiklar tuproq faunasi bilan ham o'zaro ta'sir qilishi mumkin, bu ularning salomatligi va o‘z navbatida tuproq funktsiyalariga ta'sir qiladi.

-Hamkorlikdagi tadqiqotlarimizda qurg‘oqchil yerlardan tuproq namunalari olinib, tuproq muhitida mikroplastiklarning tarqalish xususiyatlari, ta'sir etuvchi omillari va ekologik xavflari tizimli ravishda ko'rib chiqiladi, - deydi, professor Maki Asano.

Tuproqshunoslik sohasidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish hamkorlikni yanada kengaytirishga zamin yaratadi.
 
© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований