Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5359511503826448259 5359511503826448260 5359511503826448261

Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida aqlli qishloq xo‘jaligi” (Climate Smart Agriculture in Uzbekistan) mavzusida davra suhbati faoliyatini boshladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi
 va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida o’tkazilayotgan mazkur tadbirda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.



Ushbu tadbir doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, aqlli qishloq xo‘jaligi amaliyotlari va Orolbo‘yida agro-ekotizim yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan muhokama etilayotgan masalalar bugungi kun uchun dolzarbligini alohida ta’kidlab, ushbu yo’nalishlarda ilmiy loyihalarni ko’paytirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha takliflar ilgari surildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5330514886825998606 5330514886825998607 5330514886825998593 5330514886825998591
 
Plastmassa mahsulotlari hayotning barcha jabhalarida keng qo'llanilishi sababli, atrof-muhitda plastik chiqindilar ham to'planib bormoqda. Shu sababdan bugungi kunda tuproq muhitining mikroplastik ifloslanishi allaqachon global ekologik muammoga aylanib ulgurdi. Mamlakatimizda bu yo‘nalish, ya’ni tuproq muhitida mikroplastik ifloslanishi bo'yicha tadqiqot ishlari nisbatan kam.

Joriy yil fevral oyida Yaponiyaning Tsukuba Universiteti professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga tashrifi chog‘ida “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi xususida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan tadqiqot ishlari yuzasidan kelishuv asosida memorandum tuzishga erishilgan edi.

Bugun ana shu kelishuv asosida professor Maki Asano boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar va o‘zbek tuproqshunos hamkasblar Xorazim viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanlarida dala tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Tuproqning ifloslanishi eng avvalo inson salomatligi, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri etadi. Shuningdek, tuproqdagi mikroplastiklar tuproq faunasi bilan ham o'zaro ta'sir qilishi mumkin, bu ularning salomatligi va o‘z navbatida tuproq funktsiyalariga ta'sir qiladi.

-Hamkorlikdagi tadqiqotlarimizda qurg‘oqchil yerlardan tuproq namunalari olinib, tuproq muhitida mikroplastiklarning tarqalish xususiyatlari, ta'sir etuvchi omillari va ekologik xavflari tizimli ravishda ko'rib chiqiladi, - deydi, professor Maki Asano.

Tuproqshunoslik sohasidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish hamkorlikni yanada kengaytirishga zamin yaratadi.
 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

​

photo 2025 05 30 12 12 25 photo 2025 05 30 12 10 57 photo 2025 05 30 12 11 00 5319248126751666432

Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining 3 nafar olimari Portugaliyada tuproq biologik xilma-xilligi bo‘yicha o’quv seminarda ishtirok etmoqda.

FAO va Koimbra universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro seminarda Canada, Braziliya, Costa Rica, Mexika, Trinidad Taboga davlatlaridan kelgan soha olimlari ishtirok etmoqda.

Maqsad - Tuproq biologik xilma-xilligini baholash, monitoring qilish va ushbu yo‘nalishda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha ilg‘or nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish va tajriba almashishdan iborat.

Portugaliya — Janubi-G‘arbiy Yevropada joylashgan, Atlantika okeaniga chegaradosh davlat. Mamlakat relyefi tepaliklar, past tog‘lar va qirg‘oqbo‘yi tekisliklaridan iborat. Portugaliya qishloq xo‘jaligida uzumzorlar, zaytun bog‘lari va g‘alla yetishtirish muhim o‘rin tutadi.

Tuproq va ekologiya sohasida Koimbra universitetida bir nechta ilg‘or ilmiy markazlar faoliyat yuritadi. Ular orasida Tuproq biologiyasi, Ekologiya, Atrof-muhit fanlari va Ekotizim xizmatlari bo‘yicha bo‘limlar ajralib turadi. Universitet ilmiy-tadqiqotlar orqali tuproqning ekologik funksiyalari, biologik xilma-xilligi va barqaror boshqaruvi bo‘yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etmoqda.

Seminar ishtirokchilari Portugaliyaning eng baland tog‘ tizmasi bo‘lgan Serra-da-Estrelaga tashrif buyurib, tuproqdagi biologik xilma-xillikni o‘rganish uchun namuna olish ishlarini olib borishdi. SoilBON protokollari asosida maxsus asboblar bilan jihozlangan holda, nsmunsls olish va saqlash usullarini amalda qo‘llashdi.

Shuningdek Koimbra universiteti laboratoriyalarida mikroartropodlar — kichik tuproq hasharotlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanishdi. Laboratoriya mutaxassislari Sara Mendesh, Filipa Reysh, Rikardu Leytaolar ishtirokida tuproqdagi enzimlar faolligi, mikroorganizmlar respiratsiyasi va microorganizmlarni ajratish bo‘yicha usullar, jumladan Tullgren uskunasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Muxtasar qilib aytganda ushbu xalqaro seminar nafaqat amaliy va ilmiy ko‘nikmalarni oshirishga, balki tuproq biologik xilma-xilligiga doir global muammolarni birgalikda hal qilish uchun hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi. Institutimiz tadqiqotchilarining xalqaro seminar jarayonlarida faol ishtirok etayotgani — ularning xalqaro darajadagi ilmiy tajribasini boyitish va kelgusi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

​

photo 2025 05 30 16 40 49 photo 2025 05 30 16 40 48 5314379665357535994

Avval xabar berib borganimizdek, qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda ilmiy tadqiqot institutlari rahbar va xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari Misr Arab Repsublikasida xizmat safarida bo‘lib turibti.

Ma’lumot uchun: qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlaridan iborat ishchi guruh a’zolari tarkibida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, Shuhrat Bobomurodov hamda bo‘lim boshlig‘i Jahongir Qo‘ziyevlar ham faol ishtirok etishmoqda.

Ishchi guruh a’zolari “Misr Davlat tuproq laboratoriyasi”ga tashrif buyurishdi.

Ushbu laboratoriya Misrda yagona, markazlashgan tashkilot emas. Buning o‘rniga, bir nechta tashkilotlar va laboratoriyalar qishloq xo‘jaligi, qurilish va atrof-muhitni o‘rganish kabi turli maqsadlar uchun tuproq sinovlari va tahlillari o'tkaziladi.

Yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlangan mazkur laboratoriya Qishloq xo‘jaligi tuproqlarini tezroq, maksimal aniqlik bilan tahlil qilish imkonini beradi. Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki tuproq laboratoriyasida har qanday qishloq xo'jaligini boshqarish dasturi uchun qishloq xo‘jaligi tuproqlarini to‘g‘ri tahlil qilish qanchalik muhimligini hisobga olib yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan.

Hozirgi kunda halqaro miqyosda 3-o‘rinda turadigan “Misr Davlat tuproq laboratoriyasi” qishloq xo'jaligi tuproqlari tahlillari natijasining yuqori sifati bois eng tezkor va raqobatbardosh tahlil laboratoriyasi hisoblanadi.

Shuningdek delegatsiya a’zolariga misrlik mutaxassislar tomonidan zamonaviy priborlar bilan jihozlangan ushbu laboratorida tuproqni ham o‘simlikni ham, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toksikodlar, og‘ir metallar, pestitsidlarni ham juda tezkorlik bilan 24 soat ichida aniqlash imkoniyati mavjudligi haqida tushunchalar berib o‘tishdi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5314568162882219999 5314568162882220000 5314552533496230230 5314568162882220001
 
ILMIY USLUBIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Ayni damda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.

Yig‘ilishda institutning uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:
Dusaliyev Alijon Toshpo‘lat o‘g‘lining “Orol dengizi qurigan tubi tuproq – grunt qoplamlarining landshaft geokimyoviy xususiyatlari (Markaziy qismi misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda dastlab talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga o‘tishi uchun Uslubiy kengash a’zolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.