IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING YIG‘ILISHI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, NIYAZMETOV UMIDBEK XUDAYBERGANOVICHning «Geografik axborot tizimi texnologiyalari asosida tuproq xususiyatlariga ko‘ra ekinlarni optimal joylashtirishning ilmiy asoslari» 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi o‘rinbosari, q.x.f.d., professor Sh. Xoliqulov olib bordi.
![]() |
![]() |
![]() |
Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Umidbek Niyazmetov tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilish kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan XUSHMURODOV JOBIR PANJIYEVICH 06.01.04-«Agrokimyo» İxtisosligi qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) va BOBONOROV BEKZOD BOYMIRZAEVICH 03.00.13-"Tuproqshunoslik" ixtisosligi biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diplomlarini tantanali topshirish marosimi o'tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Diplomlar Institutning ixtisoslashgan Ilmiy kengashi raisi, Institut direktori, Shuhrat Bobomurodov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Institut Jamoasi hamda Ilmiy Kengash a'zolari nomidan diplom sohiblariga kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlar, qo‘shma dasturlar va loyihalar birgalikda amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun institutda «O‘zbekistonda qurg‘oqchilikga uchragan ekotizimlardagi yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish» hamkorlik loyihasi bo‘yicha tashkiloti mutaxassisi B. Haitov, institut bo‘lim mudiri Z. Baxodirovlar ishtirokida seminar trening o‘tkazildi.
Seminarda loyiha doirasida tanlab olingan hududlarda ya’ni Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida yerdan foydalanuvchilarga, yer unumdorligi va tuproqdagi organik uglerodni har tomonlama dastlabki baholash va xaritalashni o‘tkazish, degradatsiyaga qarshi kurashish, tuproq unumdorligini noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish, tuproq holatini yaxshilashga hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Koreya davlati bilan hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali yerdan foydalanuvchilar, dehqon fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qo‘shma loyihalar imzolanmoqda.
Bugun Koreya davlatidan Kyumi Ahn KREI boshchiligida bir guruh delegatsiya a’zolari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda delegatsiya a’zolari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Nodirjon Abduraxmonov, bo‘lim boshlig‘i Zafar Bahodirov hamda institut mas’ullari bilan sohada samaradorlikni boshqarish (xalqaro rivojlanish monitoringi va baholash) ODA loyihasining missiyasi “AKTga asoslangan yerdan foydalanish salohiyatini kuchaytirish Nou-xau va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ma’lumotlar bazasini mustahkamlash borasida muhokamalar o‘tkazildi.
Seminar: Andijon mintaqaviy bo'linmasi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Kuni kecha Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Andijon mintaqaviy bo'linmasida «Tuproq holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirishda tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlarning o‘rni» mavzusida bo‘lib o‘tgan seminardan fotolavhalar.
![]() |
![]() |
![]() |
Tadbir qatnashchilari Andijon mintaqaviy bo'linmasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar ya’ni tuproqshunos mutaxasislar tomonidan tuproq kesmalarini olish, laboratoriya sharoitida tahlillarga tayyorlash, kimyoviy tahlillardan o‘tkazish, tahlil natijalarini jamlash, tahlil natijalari asosida raqamli xaritalar tuzish, konturlar kesimida ilmiy tavsiyalar berish va elektron raqamli xaritalarni qishloq xo‘jaligi vazirligi geopartaliga kiritish kabi ilmiy-amaliy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish bilan birga yerdan foydalanuvchi dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan muloqotda bo‘lishdi.































