Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

photo 2025 02 27 17 05 04photo 2025 02 27 17 04 53photo 2025 02 27 17 05 15

O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida hamkorlik qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘p imkoniyatlar mavjud. Shular jumlasidan qishloq xo‘jaligi sohasida ham. Faqatgina ularni ishga sola bilsakkina manfaatlar yuzaga keladi.

Bugun Yaponiyaning Tsukuba Universiteti professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida bo‘lishdi.

Institut direktori Shuhrat Bobomurodov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yaponyaliklar tomonidan ilgari surilgan “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi xususida bo‘ldi.

🔗Yaponiya tarafidan bu yo‘nalishda O‘zbekiston tuproqlarida hamkorlikda tadqiqot ishlarini yuritishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tadqiqot hududini belgilash, tuproq haqidagi ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sohada ilg‘or ilmiy yechimlarni hisobga olgan holda o‘z taklif va tavsiyalarini berish, yangi ilmiy va texnologik yutuqlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida loyiha doirasida har ikki tomon joriy yilning may oyidan boshlab hamkorlikda tuproq tadqiqotlarini olib borishga kelishib olindi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2025 02 03 09 59 51 photo 2025 02 03 09 59 52 photo 2025 02 03 09 59 53 photo 2025 02 03 09 59 52

ILMIY KENGASH SEMINARI

Yig‘ilishni institut direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

🌟Yig‘ilish kun tartibida dastlab Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy va fizik-kimyoviy holatini maqbullashtirish bo‘limi mudiri Tolib Berdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.02.2024 yildagi PQ-71-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 21.02.2024 yildagi 97-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut hamda Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti xodimlari tomonidan tayyorlangan

“Tadbirkorlar tomonidan tayyorlanayotgan gumusli organik o‘g‘itlarni sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha vaqtinchalik reglament”;

“Gumusga boy oddiy superfosat o‘g‘itini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha vaqtinchalik reglament”;

Shuningdek “Qoramol go‘ngi, kelib chiqishi o‘simliklarga oid organik resurslar asosida tayyorlangan gumusli organik o‘g‘itlarni sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha xulosa”lari bo‘yicha taqdimotlari bilan yig‘ilish ishtirokchilarini batafsil tanishtirdi.

💬Olimlar tomonidan tayyorlangan har bir vaqtinchalik reglamentlar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va qizg‘in savol-javoblar kelgusida tuproqni unumdor bo‘lishini va ko‘plab muammolarning oldini olishni ta’minlaydi.

🌟Ilmiy kengashi tomonidan kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha institut ilmiy kotibi Miraziz Mirsodikov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori hamda 2023 yil 3 iyundagi 228-sonli qarori bilan yangi tahrir qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan mezon talablarini bajargan institut xodimlariga lavozim maoshiga har oylik va bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishi bo‘yicha institut faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axboroti tinglandi.

🌟Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‘yicha Ilmiy ishlab-chiqarish bo‘limi boshlig‘i Umidbek Niyazmetovning institutning xo‘jalik shartnomalarini tuzish va amalga oshirish bo‘yicha 2025 yil uchun kalkulyatsiyasi haqidagi taqdimoti bo‘ldi.

⚡️Taqdimot yakunida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan ushbu masala yuzasidan respublika miqiyosida sifatli tuproq xizmatlarini ko‘rsatish, yer egalariga tuproq tahlil natijalari va xulosalarini o‘z vaqtida taqdim etish, tuproqning holatini o‘rganish uchun ketadigan sarf-xarajatlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, takliflar berildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

 photo 2025 01 22 19 53 37  photo 2025 01 22 19 53 39  photo 2025 01 22 19 53 37 2  

☄️Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan sinov tariqasida belgilangan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20-fevraldagi 97-son qarori hamda Qishloq xo‘jaligi vazirining 2024 yil 23-dekabrdagi 302-son buyrug‘ining tegishli bandlari ijrosi ta’minlanmoqda.

👉Kuni kecha Namangan viloyati Pop tumanida o‘quv seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
✔️Seminar yig‘ilishida tuman bo‘yicha davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratilgan barcha yerdan foydalanuvchilar ishtirok etishdi.

🌟Olimlar tomonidan respublikamizda ishlab chiqarilayotgan biogumusli o‘g‘itlarni qo‘llash va ajratilgan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

⚡️Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2025 01 21 12 03 18 photo 2025 01 21 12 03 19 photo 2025 01 21 12 03 20 photo 2025 01 21 12 03 20 2 photo 2025 01 21 12 03 21

HISOBOT

Markaziy institut mutasaddi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan hisobot davrida belgilangan rejaga asosan kuni kecha Andijon mintaqaviy bo‘linmasi hisobotlari tinglangan edi.

Bugungi yig‘ilishda Qashqadaryo viloyat mintaqaviy bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Hisobot davrida:

2024-yil ilmiy-innovatsion, moliyaviy, xo‘jalik va ishlab chiqarish natijalari, belgilangan grafik asosida bajarilgan ish hajmlari;

iqtisodiy samaradorligi, oldingi holatga nisbatan erishilgan natijalar va hulosalar;

shartnoma texnik topshirig‘iga muvofiq tayyorlangan kartografik materiallar va hisobotlari tinglandi.

Shuningdek yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tizim tashkilotlari tomonidan quyidagi ish turlari jumladan:

✅ Ilmiy-innovatsion faoliyati bo'yicha.

✅Tuproq xaritalarini tuzish va tuproq sifatini baholash.

✅ Agrokimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish va agroximkartogrammalarni tuzish.

✅ Sugʻoriladigan yerlarda tuproq shoʻrlanish kartogrammalarini tuzish.

✅ Tuproq xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2025 01 14 16 11 49 photo 2025 01 14 16 11 49 2 photo 2025 01 14 16 11 50 photo 2025 01 14 16 11 50 2

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganliginligini 33 yillik munosobati institut yigitlari o‘rtasida sport o‘yinlari musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

– Azaldan sport tinchlik elchisi bo‘lib, u tenglik va o‘zaro hurmatni targ‘ib qiladi, insonlarni olg‘a intilish va yuqori cho‘qqilarga dadil ko‘tarilish sari ruhlantiradi – deydi, – bo‘linma rahbari Hikmatilla Bo‘riyev.

– Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanyapti. Fursatdan foydalanib ushbu bayram munosabati bilan barcha hamkasblarimizni, yurtdoshlarimizni samimiy muborakbot etamiz!

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy bo‘lsin!

TATI Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo'linmasi jamoasi!

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований