Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5314568162882219999 5314568162882220000 5314552533496230230 5314568162882220001
 
ILMIY USLUBIY KENGASH YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Ayni damda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.

Yig‘ilishda institutning uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:
Dusaliyev Alijon Toshpo‘lat o‘g‘lining “Orol dengizi qurigan tubi tuproq – grunt qoplamlarining landshaft geokimyoviy xususiyatlari (Markaziy qismi misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda dastlab talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga o‘tishi uchun Uslubiy kengash a’zolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.
 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

 

photo 2025 05 28 13 17 08 5312205247969620207 5312205247969620210

HAMKORLIK ANIQ KO‘ZLANGAN MAQSADLAR ASOSIDIR...

Oxirgi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan sohaning istiqboldagi rivoji va ravnaqi borasida bir nechta xorijiy davlatlar bilan halqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib kelinmoqda. Shu qatorda mahalliy ilmiy tadqiqot instiutlar bilan ham hamkorlikda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini barqaror yetishtirish, don va dukkakli ekinlarni yuqori hosilli navlarini yaratish, tezkor seleksiya urug‘chiligini rivojlantirish va agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish kabi bir qancha faoliyat turlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Aynan shu kabi qishloq xo‘jaligi ish faoliyatlarini amalga oshirishda bevosita tuproq holatiga bog‘liq.

Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Analitik sinov laboratoriyasiga xorijdan keltirilgan yangi zamonaviy rusumdagi tuproq tahlillarini o‘tkazadigan apparatlar bilan tanishish, ishlash medotlarini o‘rganish va tajriba almashish maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti “Tuproqshunoslik va agrokimyo” laboratoriyasi mudiri q.x.f.f. d. (PhD) Otaqulova Dilfuza Azamatovna o‘z malakasini oshirish uchun qisqa muddatli xizmat safarida bo‘lib turibti.

Darhaqiqat, bunday sa’yiharakatlar har ikki institut o‘rtasida tajriba almashish asnosida qishloq xo‘jaligi tizimida ilmiy integratsiyani ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.

-Mamlakatimiz bo‘yicha tuproq tahlillarini olib borishda ilmiy salohiyati va tajribalarga boy bo‘lagan ushbu institutda o‘z ish faoliyatim davomida tuproq tahlillari haqidagi eng zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarimni yanada mustahkamlash barobarida kelgusida ham hamkasblarim bilan domiy bilim va tajriba almashishni maqsad qilganmiz - deydi, Dilfuza Otaqulova

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5291842546026280198 5289932582659691115 5291842546026280200 5291842546026280207
Xabar berib borganimizdek institutning qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh. Bobomurodov olib bordi.\
Yig‘ilishda  Bekzod Bobonorovning «TABIIY OFAT YUZ BERGAN HUDUD TUPROQLARINING HOLATI, UNUMDORLIGINI QAYTA TIKLASH YO‘LLARI» (Sardoba suv ombori ta’siri misolida) mavzusidagi 03.00.13 – «Tuproqshunoslik» b.f.falsafa doktori (Phd) ilmiy darajalarini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining muhokamasi o‘tkazildi.
Talabgor tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan B. Bobonorovning dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
 

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5289932582659691174 5289932582659691175 5289932582659691176 5289932582659691177

Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra:

- 2 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yildan buyon ilmiy himoyaga chiqqan 1 ta fan doktori (DSc) va 3 ta falsafa doktori (PhD) diplomlari tantanali topshirish marosimi ham o‘tkazildi. 

Diplomlar institut direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
5289932582659690899 1 5289932582659690898 1 5289932582659690900 1 5289932582659690901 1

Xabar berib borganimizdek institutning qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh. Bobomurodov olib bordi.

Yig‘ilishda  J. Xobirushmurodovning «SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROEKOLOGIK HOLATI, MOSH VA LOVIYA EKINLARIDA OG‘IR METALLARNING AKKUMULYATSIYASI» (Nurobod tumani tuproqlari misolida) mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi q.x.f. falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining muhokamasi o‘tkazildi.

 

Talabgor tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan J.Xushmurodovning dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

 

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований