BUYUK SIYMOLAR YODI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
BUYUK_SIYMOLAR_YODI

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi ma’naviyat soati Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlab “IKKI BUYUK SIYMO: MA’NAVIYATIMIZ SARCHASHMALARI” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirga taklif etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi, filologiya fanlari doktori Rustam Jabborov ikki buyuk ijodkor, ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi, butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ezgulik, vatanparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Rustam Jabborovga ko‘ra, Navoiy turkiy til asosida betakror bog‘ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan bo‘lsa, Bobur shu turkiy nazm gulshanidagi bepoyon bog‘ni chin ma’noda bo‘stonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi ham bo‘lgan. Shu bois ular ijodi hamon qunt bilan o‘rganilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Millatimiz ma'naviy dunyoqarashining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan ikki buyuk shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda markaziy institut rahbar va xodimlari, yosh olimlar ishtirok etib, ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida o'zaro fikr almashishdi.
Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda institut markaziy apparati direktori o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar va mas’ullar ishtirokida o‘tkazildi.

Majlis kun tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori hamda 2023 yil 3-iyundagi 228-sonli qarori bilan yangi tahrir qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan mezon talablarini bajargan institut xodimlariga lavozim maoshiga har oylik va bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishini muhokamasi va boshqa turli masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilish avvalida Sh. Bobomurodov institutning ilmiy salohiyati yuzasidan institut va uning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari tomonidan o‘tgan 2025 yil davomida erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng institut Ilmiy kotibi Miraziz Mirsadikov yuqorida keltirilgan qaror va nizomda belgilangan mezon talablarni bajargan barcha xodimlarni amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilish davomida ijro intizomi va samaradorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi islohotlar jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi. Ayniqsa, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, hujjatlar ijrosining to‘liq va natijali amalga oshirilishini ta’minlash mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING ILMIY SALOHIYATI OSHMOQDA
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
#Ilm_Ilmiy_daraja_DSc_PhD
#Ilm_Ilmiy_unvon_Katta_ilmiy_xodim
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING ILMIY SALOHIYATI OSHMOQDA

Kuni kecha institut Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


✅Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi bilan boshlandi.


Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.
↗️Yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:
🔴KO‘ZIYEV JAXONGIR MADAMINOVICH ➖(DSc) «Agrokimyo» iqtisosligi;
🔴MALLAYEVA DILAFRUZ ABDIXOLIQ qizi ➖(PhD) «Agrokimyo» iqtisosligi;
🔴QARSHIBOYEV HUSAN SHAMSIDDIN oʻgʻli ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
🔴MAMATKULOV ASLIDDIN RUSTAMBEK o‘g‘lining➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» ixtisosliklari bo‘yicha➖ fan doktori (DSc) hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajali diplomlari, shuningdek,
🔴TURSUNOV SHODMON TOG’AYEVICH ga “Katta ilmiy xodim” unvoni attestati topshirildi.
Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining mustaqil izlanuvchisi Po‘latov Muxitdin Kamoliddinovichning “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
➡️Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.

Yig‘ilish PO‘LATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICHning “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi. Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor MUXITDIN PO‘LATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
ILMIY SEMINAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
ILMIY_SEMINAR
|
|
Joriy yilning 26-dekabr sanasida Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.
✅Yig‘ilish Dusaliyev Alijon Toshpo‘lat o‘g‘lining “Orol dengizi qurigan tubi tuproq – grunt qoplamlarining landshaft geokimyoviy xususiyatlari (Markaziy qismi misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda dastlab talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Alijon Dusaliyev tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

