Tabrik. Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni. Hosil bayrami
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
☄️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari 🎖 “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
⌛Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
☄️Tadbirni institut direktori Shuhrat Bobomurodov ochib, Tuproqshunoslik sohasi bo‘yicha so‘nggi yillarida yer resurslaridan samarali foydalanish, aholining oziq-ovqat havfsizligini va moddiy farovonligi ta’minlash kabi vazifalarni bajarishda, tuproqlarimiz unumdorligini saqlash, qayta tiklash, oshirish, muhofaza qilish o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan barcha soha olimlari, ishchi xodimlarni samimiy qutladi.
🌟Shundan so‘ng Qishloq xo'jaligi vazirligi Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig'i Oybek Soatov soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni bayram bilan qutladi hamda bir guruh institut xodimlariga:
🎖Baxodirov Zafar Abdyvaliyevich - Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi mudiri
🎖Qalandarov Nazimxon Nazirovich - Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Tuproq eroziyasi va eroziyalangan tuproqlarni muhofazalash, unumdorligini tiklash boʻlimi mudiri
🎖Narkulova Malika Usmankulovna -Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasasi laboratoriya boshligʻi
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishonini🎖tantanali ravishda topshirdi.
🤝Shuningdek, bir guruh tizim xodimlariga sihatgohga yo'llanmalar bilan taqdirlab, kirib kelayotgan Hosil bayrami bilan yana bir bor tabrikladi.
📌Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti rahbariyati va jamoasi❗️
barcha taqdirlangan hamkasblarni, butun xalqimizni qutlug‘ bayram – “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” bilan samimiy muborakbod etadi.
ILMIY SEMINAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Raxmontoy Kurvantayev olib bordi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra❗️
⌛Baxodirov Zafar Abduvalyevichning “Tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.
🔺Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
🔺Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor ZAFAR BAXODIROVga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.
5-dekabr “BUTUNJAHON TUPROQ KUNI”
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Xabaringiz bor, har yili dunyo bo‘ylab 5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni” keng nishonlanadi. Chunki, tuproq resurslari inson hayotida, davlat farovonligida, shuningdek, sayyora ekotizimining barqarorligini ta’minlashda o‘rni beqiyos.
Joriy yilning 4-dekabr sanasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti binosida “TUPROQSHUNOSLIKNING TRANSCHEGARAVIY MUAMMOLARI VA ULAR YECHIMINING INNOVATSION USULLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi.
|
|
|
Yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari tashrif buyurishdi.
Ishtirokchilar anjuman boshlanishidan oldin institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Onlayn va offlayn shaklida tashkillashtirilgan anjumanda respublikamiz bo‘ylab 20 dan ortiq oliy talim muassasalari hamda tegishli tashkilotlardagi hududiy studiyalaridan jami 300 dan ortiq va 10 ga yaqin xorijiy davlatlarda qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha soha olimlari, xalqaro tashkilotlar va institutlar vakillari hamda yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etishdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Tuproqlar - yerdagi hayotning asosidir.
Mamlakatimizda mazkur anjumanni o‘tkazishdan maqsad — tuproqshunoslik sohasida olimlar tomonidan bajarilgan ishlar, tadqiqot natijalari, tuproqlarni asrab-avaylash muhimligini anglash, tuproq resurslarining inson farovonligini oshirishdagi ahamiyatini eslatish, ekotizimlarni saqlash, xabardorlikni oshirish hamda keyingi qadamlar yuzasidan aniq va batafsil ma’lumotlar olishdan iborat.
Anjumanda so‘zga chiqanlar 5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni” bilan soha xodimlarini samimiy qutladilar. Shuningdek tadbir dasturiga ko‘ra mavzu doirasida taqdimotlar o‘tkazildi. Taqdimotlarda hozirgi kunda yerlarning holatini yaxshilashga, tuproq unumdorligini oshirishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgani, O‘zbekiston sharoitida tuproq unumdorligini muhofaza qilishning huquqiy muammolarini o‘rganish, ularning yechimini topishda chuqur ilmiy-nazariy mushohadaga asoslangan takliflar ishlab chiqish, xulosalar berish, shu bilan birga tuproq unumdorligini saqlab qolish va oshirish masalasi tobora o‘tkir muammoga aylanib borayotgani, ularni oldini olish uchun birgalikda, hamkorlikda kurashishimiz zarurligi, halqaro hamkorlik masalalariga ham alohida to'xtalib o'tildi.
Mazkur anjuman ishini instituti direktori, biologiya fanlari doktori Shuxrat Bobomurodov olib bordi.
Ilmiy seminar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📍Bugun Institut huzuridagi DSc25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Raxmontoy Kurvantayev olib bordi.
☄️Kun tartibiga ko‘ra, Normatov Yodgor Mamanazarovichning “Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash” mavzusidagi 03.00.13 - "Tuproqshunoslik" ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining muhokamasiga bag‘ishlandi.
📝Tadqiqotchi dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
⌛Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgorga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.
Ilmiy seminar
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📍Bugun Institut huzuridagi DSc25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.
Kun tartibiga ko‘ra:
1️⃣➖ Xolmatov Otabek Ismatovichning “Fosforli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD);
2️⃣➖Normatov Yodgor Mamanazarovichning “Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash” mavzusidagi 03.00.13 - "Tuproqshunoslik" ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishlarining muhokamalari o‘rin olgan.
✅Kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha Xolmatov Otabek Ismatovich tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
📝Kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
⌛Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgorga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.
























