Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
     photo 2025 11 20 10 30 58 photo 2025 11 20 10 31 01 photo 2025 11 20 10 31 12 photo 2025 11 20 10 31 18

📍Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, QARSHIBOYEV XUSAN SHAMSIDDIN o‘g‘lining “Sug‘oriladigan tuproqlar degradatsiyasini GAT texnologiyasi yordamida baholash”(Buxoro tumani misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bag‘ishlandi.

📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan XUSAN QARSHIBOYEV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
photo 2025 11 05 21 42 51 photo 2025 11 05 21 42 57 photo 2025 11 05 21 43 03 photo 2025 11 05 21 43 06

☄️  Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining tadqiqotchisi Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining 03.00.13 –«Tuproqshunoslik» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi muhokamasi 📍O‘zbekiston  Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy kengash majlisi  bo‘lib o‘tdi.

🌟Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.
➡️  Yig‘ilish Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining «Tuproq shamol eroziyasini masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida modellashtirish va eroziya xavfini baholash» (Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani misolida) mavzusidagi tayyorlangan dissertatsiyasi ishi himoyasiga bag‘ishlandi.

🔹 Yig‘ilishda dissertant taqdimotida amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

🔴Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya ishi yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

✅Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor Asliddin Mamatkulovga qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini OAK dan tasdiqlab berilishi maqullandi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
photo 2025 11 05 21 19 28 photo 2025 11 05 21 19 35 photo 2025 11 05 21 19 44 photo 2025 11 05 21 19 56

     Mahalliy va xorijiy davlatlar tuproqshunos olimlarining ta’kidlashicha so‘nggi yillarda tuproq muhitining mikroplastik ifloslanishi global ekologik muammoga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda bu o‘tkir masala yuzasidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Yaponiyaning Tsukuba Universiteti bilan “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi asosida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

     Ma’lumot uchun: Hamkorlikda olib borilayotgan mazkur tadqiqot ishlariga joriy yilning fevral oyidan kirishilgan edi. Yapon professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh yapon mutaxassislari dastlab Xorazim viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanlarida dala tadqiqot ishlarini olib borishdi.

     Shu kunlarda qo‘shma loyiha asosida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan tadqiqot ishlarining keyingi tanlangan hududi Andijon viloyatining Andijon, Izbosgan va Baliqchi tumanlaridan tuproq namunalari olindi.

     Hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida tuproq muhitida mikroplastmassalarning tarqalish xususiyatlari, ta'sir etuvchi omillari, ekologik va ekologik xavflari tizimli ravishda ko'rib chiqiladi hamda tahlil va tadqiq etiladi.

     Shuningdek yapon mutaxassislari institutning Andijon mintaqaviy bo‘linmasida yaratilgan shart-sharoitlar va olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

     Institut direktori Shuhrat Bobomurodov Yapon professori Maki Asano bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
  photo 2025 10 16 17 57 12 photo 2025 10 16 17 57 15 photo 2025 10 16 17 57 42 photo 2025 10 16 17 57 44

     Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🌟Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.
⏳Yig‘ilish KO‘ZIYEV JAXONGIR MADAMINOVICHning «Tuproq-o‘simlik-o‘g‘it» tizimida maqbul o‘g‘it me’yorlarini avtomatik geofazoviy-smart usulda qo‘llashning ilmiy asoslari» mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining muhokamasiga bag‘ishlandi.  
🔊Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya  ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

🔴Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
✅Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor JAXONGIR KO‘ZIYEV ga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

“ONGLI SAYYORA - TUPROQNI SAQLANG”

photo 2025 10 03 13 19 07photo 2025 10 03 10 13 46

Hindistonda bu harakat Sadguru tomonidan ilgari surilgan tashabbus hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha “Save Soil”(Tuproqni saqlang) — xalqaro harakati tuproq degradatsiyasini to‘xtatish, unumdorlikni oshirish va kelajak avlodlarga sog‘lom tuproqlar qoldirish haqida xabardorlikni oshirish siyosatini targ'ib etadi.

Harakat Banaskantada erta kuchaydi. Banaskanta tumani Osiyodagi eng yirik sut sanoatining yetakchi markazlaridan biri bo‘lganligi hududi qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil sharoitlari tuproqlarda organik uglerod va muhim oziq moddalarning keskin etishmasligi sabab chorva mollari uchun yem-xashak yetishtirishda ko‘plab fermerlar doimiy muammolarga uchrashi sog‘lom tuproqlarni saqlab qolish va bu muammolarni hal qilishning yagona yo‘li barchani faollikka chaqiradi.

photo 2025 10 03 15 48 51photo 2025 10 03 15 48 43

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Tuproq unumdorligini oshrish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi” boshlig‘i Oybek Soatov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Banaskantadagi Banas Save Soil yirik sut kooperativida olib borilayotgan ish jarayonlari, xususan bu yerdagi “Tuproqni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi” shart-sharoitlari, mutaxassislar va fermerlar o‘rtasida faol bilim almashishga yordam beradigan trening darslarida tuproq biologiyasi va unumdorligini saqlash bo‘yicha tuproq salomatligiga yaxlit yondashuvga alohida e’tibor qaratilganligi va boshqa amaliyot ishlari bilan yaqindan tanishishmoqda.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi delegatsiyasining “Save Soil” xalqaro harakatidagi ishtiroki Hindiston OAV lari jurnalistlari e’tiboridan chetda qolmadi. “Patan sity” ishtimoiy-siyosiy gazetasining bosh sahifasida tahliliy maqola va boshqa internet ishtimoiy tarmoqlarida mumtazam yoritilib borilayotgani diqqatga sazovordir.

Hindiston xizmat safari davom etmoqda.