User Rating: 3 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar InactiveStar Inactive

т1т4т5т10O‘tgan yilda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) ning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida “Yer sayyorasi umumiy uyimiz” nomli Ekologik ta’lim va tarbiya bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun parsial dastur ishlab chiqilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari mazkur parsial dastur bo‘yicha ham faoliyat olib borilmoqda.

Dastur bir nechta boblardan iborat bo‘lib ular 2030-yilgacha bo‘lgan davrga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 27-mayda 434-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi, unda ekologik tarbiyani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilangan.

Shuningdek, bolalarda yoshligidanoq ekologik madaniyatni, o‘z ona zaminimiz tabiiy boyliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni rivojlantirish, ularda tabiiy resurslarning holati uchun mas’uliyat tuyg‘usini,  tuproqlardan va atrof-muhitdan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Yakkasaroy tumanidan “FORTUNA EDUCATION” nodavlat bog‘cha bolalari tarbiyalanuvchilari tashrifining asosiy maqsadi ham ana shulardan iborat bo‘ldi.

 

 

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

photo 2023 11 28 13 18 38photo 2023 11 28 13 18 38photo 2023 11 28 13 18 38photo 2023 11 28 13 18 38photo 2023 11 28 13 18 38photo 2023 11 28 13 18 38photo 2023 11 28 13 18 38

 

 

 

🌿Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida yurtimizning barcha go‘shalarida kuz mavsumida daraxt va ko‘chat ekish ishlari jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda.

✔️Ushbu loyiha doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni yashil makonga aylantirish maqsadida ayni paytda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari Yuqori Chichiq tumani Ahmad Yassaviy mahallasida joylashgan Qishloq xo'jaligi bilim va innovatsiyalar milliy markazi binosiga keladigan yo'l bo'ylari obodonlashtirilib, "Yashil makon" ummumilliy loyihasi doirasida AKIS markazi hududida 200 tupdan ziyod archa va pavloniya ko'chatlarini ekilmoqda.

✔️Institut tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

1b62d63409f14f7d334b0Жорий йилнинг 18 ноябрь куни “Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти Бухоро вилояти минтақавий бўлинмаси биносида “Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти Бухоро вилояти минтақавий бўлинмаси фаолияти” мавзусида ўқув - амалий семинар ташкил қилинди.

⚡️Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 10 июндаги ПҚ- 277 сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида Бухоро вилоятида “Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти Бухоро вилояти минтақавий бўлинмаси” ташкил этилиб,мазкур бўлинма вилоятдаги ерлар деградатсиясига қарши курашиш ва унинг салбий оқибатларини юмшатиш, ҳудудларда чўлланиш ва қурғоқчиликнинг олдини олиш, биохилмалликни асраб қолиш, тупроқ унумдорликни сақлаш ва ошириш, деградацияга учраган ерларни қайта тиклаш,ушбу йўналишдаги илғор илмий ишламалар ва инновациялардан кенг фойдаланиш асосида минтақаларни барқарор ривожлантириш мақсадида ташкил этилди.

БАТАФСИЛ

 

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

⚡️ Ayni paytda Samarqand BMTning yirik tadbiriga mezbonlik qilmoqda.

photo 2023 11 13 15 20 21

☝️13-17 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik halqaro tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risida konvensiyasi (UNCCD) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

👉Ushbu Konvensiyaga Yevropa ittifoqi va 196 davlat ishtirokchi hisoblanadi. Shuningdek mazkur xalqaro tadbirda dunyoning rivojlangan davlatlaridan yuqori darajali olimlar, professorlar, soha vakillari va xalqaro moliya institut vakillarining ishtirok etishi hamda Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyaning bajarilishi holatini Oʻzbekiston olimlari bilan muhokama qilishi koʻzda tutilgan.

✔️O‘zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risida konvensiyasi ratifikatsiya qilgan.

✔️Tadbirda Institutining bir qator olim va ilmiy xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

илмилм2илм3илм4

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Institut olimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yildagi PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent davlat agrar universiteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi  1- bosqich magistratura talabalari uchun TUPROQ BONITIROVKASINING ILMIY ASOSLARI fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Ushbu tadqiqot maskanida Universitet talabalari uchun o‘z ixtisosliklari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, bugungi kundagi sohadagi eng so‘nggi yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlar  yaratilgan.

Bugungi “Lalmikor tuproqlarni baholash shkalasi. Lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashda pasaytiruvchi omillarning roli” mavzusi tegishli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich tomonidan olib borildi.