Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

#Yashil_makon

#Qashqadaryo_mintaqaviy_bo‘linma

“Yaxshidan bog' qoladi”

photo 2024 07 31 14 10 39 photo 2024 07 31 14 11 26 photo 2024 07 31 14 11 33

🌿Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida yurtimizning barcha go‘shalarida  daraxt va ko‘chat ekish ishlari va ularga ishlov berish jadal suratlarda olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan amalga oshirildi.

✔️Tuproqshunoslik agrokimyoviy tadqiqotlar instituti  Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo'linmasining bir guruh xodimlari tadbir doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni yashil makonga aylantirish maqsadida ayni paytda tashkilot binosi yonida barpo qilingan bog'ni iyun-iyul oylarida (chilla davrida) havo haroratining keskin issib ketishi oqibatida yangi ekilgan yosh ko‘chatlarni qurib qolmasligi uchun amaliy ishlar olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun: Bo‘linma tomonidan "Yashil makon" ummumilliy loyihasi doirasida shu yilning o'zida ko'plab manzarali va mevali ko'chatlar ekildi va ularni talofatsiz yoz mavsumidan olib o'tish bo'yicha monitoring ishlari olib borilmoqda.

✔️Institut tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  ko‘chatlarni (chilla davri)dan yaxshi olib o'tish tadbirlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

🌲🌲Tadbir “Yaxshidan bog' qoladi” - shiori ostida olib bormoqda.

 

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive

Screenshot 1

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatidagi “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnalining 2024 yilning 2-soni nashrga tayyorlandi.

Ayni paytda jurnal taxririyati jamoasi tomonidan jurnalning 2024 yilning 3 --soni uchun maqolalar jamlanmoqda.

TAXRIRIYAT

User Rating: 4 / 5

Star ActiveStar ActiveStar ActiveStar ActiveStar Inactive

photo 2024 07 26 15 47 29

Xotira.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. Yurtdoshlarimiz bu kunda o‘tganlar xotirasi va ularning ezgu ishlarini hurmat bilan yodga oladilar.

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining barcha jamoasi tuproqshunoslik sohasida ilm yo‘lida sabr-bardosh bilan yosh olimlarga o‘rnak bo‘lib, umrining oxirgi kunlarigacha baxshida etgan marhum ustoz, biologiya fanlari doktori, professor Ramazon Qo‘ziyevni yaxshi fazilatlarini xotiralashadi. 

Marhum, professor Ramazon Qo‘ziyevni qariyib 55 yillik mehnat faoliyati besamar ketmadi. Institutimizda uzoq yillar davomidagi o‘zining fidokorona mehnati bilan yurtimiz qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlanishiga ayniqsa, tuproqshunoslik fanini rivojlantirish, ona tuproqlarimizni muhofaza qilish, unumdorligini saqlash orqali qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat havfizligini ta’minlashga o‘z bilimi, umrini sarflagan insonlardan biridir.

BATAFSIL

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
photo 2024 07 28 16 26 59 photo 2024 07 28 16 27 40

Bugungi kunda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning tarkibidagi bo‘linmalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun barcha mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lib, ular teng huquq va imkoniyatlardan foydalanishmoqda.

Birgina institutning markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalarida jami 119 nafar xodim faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, shundan 48 nafarini (40,3 foiz) xotin-qizlar, 71 nafarini (59,7 foiz) erkaklar tashkil etadi.

BATAFSIL

Star InactiveStar InactiveStar InactiveStar InactiveStar Inactive
photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03 photo 2024 02 19 12 45 03

Vazirlik Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining 2023-yil 18-dekabrdagi 01/08-81-son yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha institutining 12 yanvarda tasdiqlangan Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishi bayoni hamda 22.01.2024 yildagi 05-04-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar tasdiqlangan reja-jadval asosida xodimlarni teatr va muzeylarga tashrifi tizimli tashkil etilmoqda.

Institutning Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini maqbullashtirish bo‘limining bir guruh xodimlari 17 fevral kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrifi uyushtirildi.

Xodimlar teatr repertuarida – “Qaynona” spektaklini zavq bilan tomosha qilishdi.

-"Qaynona" filmi tanish bo‘lsa-da, uning sahnaviy varianti qiziqarli ekan. Voqealarining barchasida oila, milliy qadriyatlar, kattalarga hurmat degan tushunchalar ustuvor ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim, - deydi katta ilmiy xodim, b.f.f.d. (PhD) Otabek Karabekov.