“Тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–903-сон, 02.02.2024 й.) Президент томонидан имзоланди.
✅ Қонун билан тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш соҳасидаги асосий принциплар, соҳасни давлат томонидан тартибга солиш, тупроқ унумдорлигини ошириш асослари ва тартиби белгиланди.
⚡️2023 йил 24 ноябрь куни Олий Мажлис Сенатининг қирқ еттинчи ялпи мажлисида “Тупроқни муҳофаза қилиш ва унинг унумдорлигини ошириш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси кенг муҳокама қилинди ва сенаторлар томонидан тўлиқ маъқулланган эди.
Tadbirda Institutning barcha bo‘lim rahbar va ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Jadid ma’rifatchilari tomonidan ilgari surilgan “Tilda, fikrda va ishda birlik” g‘oyasi ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada keng tadqiq etish, jadidchilikning holati va istiqbollarini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga kasb etadi.
Yig‘ilishda “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya hamda jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida Tuproqshunos va agrokimyogar olim va tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek jadidlarning merosi, ularning tadqiqotlari, jadidchilik harakatini tadqiq etilgan yangi natijalar yuzasidan fikr almashildi.
INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.
Kun tartibiga ko‘ra, Xalilova Firuza Shavxidinovnaning “Ang‘izga ekilgan moshni o‘g‘itlashning tuproq unumdorligi va ekin hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi 06.01.04- “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlandi.
Talabgor Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgor Firuza Xalilovaga taklif, tavsiyalar berildi.
Ilmiy kengash majlisi ishi onlayn va offlayn shaklida bo‘lib o‘tdi.
E'TIROF
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha maslahatchisi Qishloq xo'jaligi fanlari doktori Ruzmetov Maksud Ismoilovichga
"Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi" va "Tuproqshunoslik" ixtisosliklari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan Professor ilmiy unvoni berildi.
Professor ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘lgan Ruzmetov Maksud Ismoilovichni
Institut jamoasi nomidan
uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.
Bu galgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.
Ushbu vatanparvarlik soati tadbirida institutning professor va katta ilmiy xodimlari hamda doktorantlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan tayyorlangan qisqa metrajli video lavha hamda «Vatanimga tayanchman» mavzusidagi tezislardan foydalanildi.