Alqaro ilmiy konferensiya
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
🌟Shu kunlarda Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sho‘r va ishqorli yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasida ilmiy-texnikaviy innovatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Mazkur xalqaro ilmiy konferensiyada Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi soha olimlari shu jumladan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi soha olimlari va tegishli tashkilotlar rahbar va xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
❗️Ma’lumot uchun: Konferensiyada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Bobomurodov Shuxrat Mexribonovich hamda Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika bo‘limi boshlig‘i Baxodirov Zafar Abduvaliyevichlar sohaga oid mavzularda taqdimotlari bilan faol ishtirok etishmoqda.
XASHAR ELGA YARASHAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
☄️Asrlar davomida xalqimiz tomonidan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilib kelingan. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.
🌟Bugun erta tongdanoq Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining barcha ishchi xodimlari mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xashar ishida hozir bo‘lishdi.
☝️E’tiborlisi, obodlikka qaratilgan harakatlar o‘zbek xalqining turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Faqat o‘zimizgagina xos bo‘lgan hasharning qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas. Zero, xashar ishi azaldan insonlarda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini, ezgu fazilatlarni mustahkamlovchi vosita sifatida e’zozlanib kelinadi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
halqaro hamkorlik
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Tuproqshunoslik sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik harakatlari bo'yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🌟Koreya davlatining Xorijda qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish uyushmasi boshqarma boshlig’i Li Kyong Vu boshchiligidagi tadqiqot guruhining tashrifi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali yer unumdorligi v a hosildorlikni oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, potensial pilot hududlarni aniqlash, mavjud agrotexnik sharoitlarni tahlil qilish va ODA (Official Development Assistance – Rasmiy Rivojlanish Yordami) doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning konseptual asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan.
🤝Uchrashuvda institut direktori Shuhrat Bobomurodov sohada muvaffaqiyatli hamkorlik harakatlarini qurishning asosiy elementlari, jumladan, rejalashtirish va amalga oshirishning amaliy vositalari hamda hamkorlikni ilmiy innovatsion yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, u hamkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagan holda institut faoliyati, mamlakatimiz tuproqlari haqidagi aniq ma’lumotlar bilan tanishtirdi.
💬Shundan so‘ng Koreya davlatining Xorijda qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish uyushmasi (Korea Overseas Agro‑Resources Development Association) boshlig‘i Li Kyong Vu o‘z navbatida Koreya agrar sohadagi loyihalarini xalqaro miqyosda kengaytirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi Koreya kompaniyalarining xorijiy mamlakatlarga investitsiyalar kiritishini rag‘batlantirish, resurslar rivoji, texnologiya transferi va texnik yordam ko‘rsatish orqali keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida tushunchalar berib o‘tdi.
💬O’g’itlar sohasida ekspert, konsultant Cho I sok – tomonidan organik o‘g‘it ishlab chiqarish va uni hududlarda joriy etish bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda o‘g‘it ishlab chiqarish texnalogiyalari, o‘g‘itni tuproqda qo‘llash jarayonlari va o‘simlikni sho‘rlanishga chidamliligini oshirish hamda tajriba dalalaridan olingan natijalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
✔️Uchrashuv muhokamalarga boy va qizg‘in savol-javoblar bilan do‘stona tarzda yakunlandi.
Ichki turizm
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari va va ularning oila a’zolari yer yuzining sayqali, o‘ziga xos madaniyat markazi nomini olgan Samarqand shahriga sayohatda bo‘lib qaytishdi.
Sayohatchilar dastlab qadimiy va navqiron Samarqandda shaharidagi me’moriy obidalarni tomosha qilishdi. Registon, Amir Temur maqbarasi, Temuriy shahzoda, qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lishdi. Shaharning qoq markazida qad rostlagan Amir Temur haykali va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari “Samarqand siti”da amalga oshirilgan obodonchilik hamda bunyodkorlik ishlarini tomosha qilishdi. Sayohat barcha uchun mazmunli va maroqli bo‘ldi.
KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida dolzarb masalalar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriq va vazifalar bo‘yicha qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilib yig‘ilishda institut markaziy apparati direktori o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar tizim tashkilotlari rahbarlari va mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.






















