YER EGALARIGA ILMIY TAVSIYALAR BERILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun biron bir sohaning rivojini ilm-fansiz tasavvur qilish ancha mushkul. Shu jumladan, qishloq xo‘jaligida ham fundamental tadqiqotlarsiz, ularning amaliyotdagi sinovi natijalarisiz yutuqlarga erishib bo‘lmaydi.
So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan qariyb respublikaning barcha hududlarida tuproq (agrokimyoviy kartogrammalar, sho‘rlanish xaritasi, bonitirovka) tadqiqotlar olib borilib, yakuni bo‘yicha tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, yerdan foydalanuvchilarga taqdim etib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan qariyb respublikaning barcha hududlarida tuproq (agrokimyoviy kartogrammalar, sho‘rlanish xaritasi, bonitirovka) tadqiqotlar olib borilib, yakuni bo‘yicha tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, yerdan foydalanuvchilarga taqdim etib kelinmoqda.
INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda Tillabekov Begzod Alisher o‘g‘lining «Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi turdagi mikroelementli fosforli o‘g‘itlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri» mavzusidagi 06.01.04 - «Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim yetgan dissertasiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti majlislar zalida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bevosita institut direktori Shuhrat Bobomurodov, professor hamda katta ilmiy xodimlar ishtirok etdilar.
Ushbu bayram tadbirini Sh.Bobomurodov o‘z kirish so‘zida so‘nggi yillarda gender tenglik masalalari yangi bosqichga ko‘tarilib, barcha yo‘nalishlarda xususan, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institut tizimida ham o‘z aksini topayotgani haqida alohida to‘xtalib samimiy fikr va mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, tadbirda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi ravnaqi va rivoji uchun samarali mehnatlari bilan o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Aziz va Mo‘tabar AYOLLAR!ni kirib kelayotgan 8 - mart Xalqaro xotin - qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, barcha tadbirda ishtirok etayotgan har bir olima ayollarga institut tomonidan minnatdorchilik sifatida gul va qimmatbaho sovg‘alari ulashildi.
YER EGALARIGA TAVSIYALAR BERILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarorining 12-bandi topshiriqlari ijrosi yuzasidan, hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga olgan fuqarolarni bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Bundan asosiy maqsad, hududlardagi har bir mahallaning “O‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlari bo‘yicha Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalarni milliy markazi hamda uning hududiy Agroxizmatlar markazlari orqali o’qitib, malakasini oshirishdir.
Shu munosabat bilan, Toshkent viloyat Agroxizmatlar markazi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga olgan fuqarolarni qishloq xo’jaligining tarmoqlari bo’yicha qisqa muddatli intensiv-o’quv kurslari orqali o’qitish dasturlari ishlab chiqildi.
Bugun ushbu tadbir viloyatning Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilib, unda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining yuqori malakali mutaxassislari ishtirok etishdi. Mutaxasslar tomonidan seminar yig‘ilish qatnashchilariga tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.
ОЛИМЛАР УЧРАШУВИ
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Бугун мамлакатимизда барча тизимларида бўлгани сингари ер ресурсларини муҳофаза қилиш ва улардан оқилона фойдаланиш бўйича ҳам илмий-амалий ишлар тизимли равишда амалда бажарилмоқда.
Айни пайтда Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти директори Шуҳрат Бобомуродов бошчилигидаги бир гуруҳ олимлар Бухоро вилоятига амалий сафари ташкил қилиниб, Бухоро давлат университетида М.В.Ломоносов номидаги Москва давлат университети Тупроқшунослик факультети декани ўринбосари Тимофеева Елена Александровна, факултетнинг Тупроқ биологияси йўналишидаги олима Грачева Татьяна Александровна ҳамда Бухоро давдат университети факультети декани Ҳафиза Ортиқова билан учрашуви бўлиб ўтди.
Учрашувда Тупроқшунослик соҳасида илмий муассасалар билан яқиндан ҳамкорликка оид истиқболдаги режалар ҳамда лойиҳалар юзасидан келишувларга эришиш билан бир қаторда биргаликда соҳага оид илмий- тадқиқотлар олиб бориш, долзарб масалаларда илмий семинар ва конференциялар ўтказиш, ёш илмий тадқиқотчилар алмашинувини йўлга қўйиш бўйича ишлар амалга оширилиши режалаштирилди.
Мулоқотлар якунида томонлар илмий ҳамкорлик бўйича тупроқшунослик йўналишидаги олий таълим сифатини ошириш, илмий-тадқиқот изланишларни янада чуқурлаштиришга хизмат қилишига ишонч билдирилди.