Amir Temur tavalludining 690 yilligi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Amir_Temur
#690_yilligi

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir mazmunli va ta’sirchan tarzda tashkil etildi. Tadbir dastlab kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yilgani hamda Amir Temur muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishilganiga bag‘ishlangan qisqa metrajli videorolik namoyishi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, tarixchi olimalar va ijod ahli tomonidan Amir Temurning hayoti, davlatchilik faoliyati hamda uning boy ilmiy-badiiy merosi haqida qiziqarli va mazmunli taqdimotlarga navbat berildi.

Jumladan, O‘zMU “Tarix” fakulteti o‘qituvchilari — tarix fanlari doktori Sanobar Jo‘rayeva va tarix fanlari nomzodi Manzuraxon Baltabaeva tomonidan ma’ruzalar qilindi.

S. Jurayevaga ko‘ra, Amir Temur - tarixda nafaqat buyuk sarkarda, balki kuchli iroda va mustahkam ma’naviyat timsoli sifatida tanilgan shaxs. Uning hayoti mashaqqat, sinov va qattiq intizom bilan to‘lgan bo‘lib, bu jihatlar uning askarlari ruhiyatida ham yaqqol aks etgan. Va bu mashaqqatlar uni toblab, sabr-toqat, qat’iyat va strategik fikrlashini shakllantirgan. U har bir muvaffaqiyat ortida katta mehnat va intizom yotishini yaxshi anglagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va yozuvchi Nasrullo Ergash o‘z navbatida “Biz shu tuproqdan bunyod bo‘ldik, shu tuproq ustida yashayapmiz, u bizni boqmoqda, erta bir kun yana unga qaytajakmiz. U bizning ona Vatan!” - deya Amir Temur va uning ilmiy-badiiy meroslari haqida o‘z fikr mulohazalari bildirib, SOHIBQIRON haqidagi she’r namunalaridan o‘qib eshittirdi.

Bu shunday zot, uning shukuhі
Asrlarga tahlika solgan.
Bu shunday zot, hattoki ruhi
Urushlarni to'xtatib qolgan!
Bu shunday zot, qilichin kuchi
Zabt etolgan jahonni butun.
Bu shunday zot, haq so'zi uchun
Yopgan shoir yelkasiga toʻn!
***
Tadbir yakunida ishtirokchilar ham so‘zga chiqib, barcha qatnashchilarga o‘zlarining samimiy tilak va ezgu istaklarini bildirishdi. Bunday tadbirlar milliy merosimizni asrab-avaylash, uni kelajak avlodga yetkazish hamda yoshlarda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
dala tadqiqotlari
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Jizzaxda tuproq monitoring tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda

Jizzax viloyatidan ajratib olingan 15 ta kalit maydonlardan 8 tasida, ya’ni lalmi va yaylov yer maydonlaridan tanlangan 8 ta “Statsionar ekologik maydonlar”(SEM) va 16 ta “Yarim statsionar ekologik maydonlar” (YaSEM) da (ja’mi 24 ta SEM va YaSEM) dala tuproq monitoring tadqiqotlari amalga oshirildi.

🔴 Dala ishlari davrida 40 ta asosiy kesmalar kovlanib (1,5 m), 200 ta tuproq namunasi olindi va kartogrammalar tuzish uchun konvert usulida har bir ekologik maydonchaning 5 ta joyida 0-30 smli qatlamdan tuproq namunalari olinib, aralashtirildi hamda 1 ta namuna sifatida olindi.

🔴 Shunda kartogrammalar uchun oliningan aralashgan namunalar soni 24 tani tashkil etdi. Ja’mi 224 ta tuproq namunalari olindi hamda 8 ta SEM da dala sharoitida tuproqni suv-fizik xususiyatlari o‘rganildi.

🔴Hozirgi kunga qadar viloyatning quyidagi hududlarida:
⏺Zomin tumani – Yangi chorvador massivi
⏺Baxmal tumani – Qo‘shchinor massivi
⏺Sharof Rashidov tumani – Yangihayot massivi
⏺G‘allaorol tumani – G‘allaorol massivi
⏺Forish tumani – Forish, Qizilqum va Bog‘don massivlarida tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
Mazkur hududlarda tanlangan 8 ta SEM va 16 ta YaSEMlarda dala tadqiqotlari o‘tkazilib, kimyoviy tahlillar uchun tuproq namunalari olindi.
✅Monitoring tuproq tadqiqot ishlari reja grafigi asosida davom ettirilmoqda.
Ilm va amaliyot uyg‘unligi — muvaffaqiyat kaliti!
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar

Joriy yilning 3-aprel sanasida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi dotsenti Jurayeva Gulchexra Shodiyevna hamda assistent Beketov Timur Kazakbayevich rahbarligida 2-kurs 61-24 guruh, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalari amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tash uchun tashrif buyurishdi.
Institutning “Analitik sinov laboratoriyasi” bo‘limi mudirasi Xurshida Nuriddinova mazkur mashg‘ulot doirasida talabalarga tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan laboratoriya sharoitlari, zamonaviy uskunalar va ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.
✅Tashrif davomida talabalar tuproq tahlili usullari, agrokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash hamda qishloq xo‘jaligida resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
✅Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kelgusida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
KUTILAYOTGAN TADBIRLAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar

Yuldoshev Iskandar Qurbanazar o‘g‘lining 06.01.03 “Agrotuproqshunoslik va agrofizika” ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy farg‘ona sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va ularning tuz tartiboti” mavzusidagi Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2026-yil 8-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
KUTILAYOTGAN TADBIRLAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar

Burxanova Nigora Hamid qizining 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “Zarafshonning quyi qismi sug‘oriladigan yerlarining tuproq-meliorativ holati va ularning qiyosiy tavsiflari” (Qorako‘l va Kogon tumanlari misolida) mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 8-aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100179, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
