KUTILAYOTGAN TADBIRLAR
JUMAYEV SHAVKAT XASANOVICHning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI VA YANGI RAYONLASHGAN NAVLARIGA MINYERAL O‘G‘ITLARNING MAQBUL ME’YOR VA NISBATLARNI ISHLAB CHIQISH» mavzusida
Jumayev Shavkat Xasanovichning 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi bo‘yicha «G‘o‘zaning istiqbolli va yangi rayonlashgan navlariga minyeral o‘g‘itlarning maqbul me’yor va nisbatlarni ishlab chiqish»mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2026-yil 25-fevral soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy.
KUTILAYOTGAN TADBIRLAR
- NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICHning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«TUPROQ HOSIL QILUVCHI OMILLARNING TUPROQLAR UNUMDORLIGIGA TA’SIRINI GEOAXBOROT TIZIMI TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BAHOLASH» (Jizzax viloyati tuproqlari misolida) mavzusida
Normatov Yodgor Mamanazarovichning 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi bo‘yicha «Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash» (Jizzax viloyati tuproqlari misolida) mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 25-fevral soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100179, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 3-uy.
IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI

Joriy yilning 11 fevral sanasida Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Mazkur majlis kun tartibidagi 2-masala bo‘yicha:

XOLMATOV OTABEK ISMATOVICHning «Fosforli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan OTABEK XOLMATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI 
Joriy yilning 11 fevral sanasida Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Majlisni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengashga raislik qiluvchi biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.

Majlis BAXODIROV ZAFAR ABDUVALYEVICHning “Tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy asoslari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

🔴Ilmiy kengash majlisida talabgor hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tuproqshunoslik va agrokimyo sohasida qo‘llash bo‘yicha olib borgan ilmiy va amaliy ishlari, tadqiqot natijalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

🔴Kengash a’zolari tomonidan tuproqshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, turli mavzuli xaritalar tuzish, kosmik suratlarni tahlil qilish, axborot tizimlarini ishlab chiqish kabi amaliy ishlar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan ZAFAR BAXODIROV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja

↗️TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA
Joriy yilning 11 fevral sanasida institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Instituti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yig‘ilishida an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.
📌 YuYig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:


SOBITOV O‘LMASBOY TOJAXMEDOVICH ➖ (DSc) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
DUSALIYEV ALIJON TOSHPO‘LAT oʻgʻli ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
PULATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICH ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» iqtisosligi;
MALLAYEVA DILAFRUZ ABDIXOLIQ QIZI ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.


🔴Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

