![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
↗️Bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅Yig‘ilish KO‘ZIYEV JAXONGIR MADAMINOVICHning «Tuproq-o‘simlik-o‘g‘it» tizimida maqbul o‘g‘it me’yorlarini avtomatik geofazoviy-smart usulda qo‘llashning ilmiy asoslari» mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
➡️Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Shuxrat Bobomurodov olib bordi.
📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
🟢Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan JAXONGIR KO‘ZIYEV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
↗️Xabaringiz bor, bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, Mallayeva Dilafruz Abduxoliq qizining “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda og‘ir metallarning tarqalishi va ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlarida to‘planishi (Kitob tumani tuproqlari misolida)” mavzusidagi 06.01.04-“Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
➡️Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Shuxrat Bobomurodov olib bordi.
📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Dilafruz Mallayeva tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📍Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, QARSHIBOYEV XUSAN SHAMSIDDIN o‘g‘lining “Sug‘oriladigan tuproqlar degradatsiyasini GAT texnologiyasi yordamida baholash”(Buxoro tumani misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bag‘ishlandi.
📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan XUSAN QARSHIBOYEV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
Ilmiy himoya PhD XTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING YIG'ILISHI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
☄️ Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining tadqiqotchisi Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining 03.00.13 –«Tuproqshunoslik» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi muhokamasi 📍O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
🌟Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.
➡️ Yig‘ilish Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining «Tuproq shamol eroziyasini masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida modellashtirish va eroziya xavfini baholash» (Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani misolida) mavzusidagi tayyorlangan dissertatsiyasi ishi himoyasiga bag‘ishlandi.
🔹 Yig‘ilishda dissertant taqdimotida amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
🔴Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya ishi yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
✅Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor Asliddin Mamatkulovga qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini OAK dan tasdiqlab berilishi maqullandi.
Yaponiya Tsukuba Universiteti halqaro hamkorlik loyiha
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Mahalliy va xorijiy davlatlar tuproqshunos olimlarining ta’kidlashicha so‘nggi yillarda tuproq muhitining mikroplastik ifloslanishi global ekologik muammoga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda bu o‘tkir masala yuzasidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Yaponiyaning Tsukuba Universiteti bilan “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi asosida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Hamkorlikda olib borilayotgan mazkur tadqiqot ishlariga joriy yilning fevral oyidan kirishilgan edi. Yapon professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh yapon mutaxassislari dastlab Xorazim viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanlarida dala tadqiqot ishlarini olib borishdi.
Shu kunlarda qo‘shma loyiha asosida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan tadqiqot ishlarining keyingi tanlangan hududi Andijon viloyatining Andijon, Izbosgan va Baliqchi tumanlaridan tuproq namunalari olindi.
Hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida tuproq muhitida mikroplastmassalarning tarqalish xususiyatlari, ta'sir etuvchi omillari, ekologik va ekologik xavflari tizimli ravishda ko'rib chiqiladi hamda tahlil va tadqiq etiladi.
Shuningdek yapon mutaxassislari institutning Andijon mintaqaviy bo‘linmasida yaratilgan shart-sharoitlar va olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Institut direktori Shuhrat Bobomurodov Yapon professori Maki Asano bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.




















