Davra suhbati
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida aqlli qishloq xo‘jaligi” (Climate Smart Agriculture in Uzbekistan) mavzusida davra suhbati faoliyatini boshladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamkorligida o’tkazilayotgan mazkur tadbirda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Ushbu tadbir doirasida iqlim o‘zgarishiga moslashish, aqlli qishloq xo‘jaligi amaliyotlari va Orolbo‘yida agro-ekotizim yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan muhokama etilayotgan masalalar bugungi kun uchun dolzarbligini alohida ta’kidlab, ushbu yo’nalishlarda ilmiy loyihalarni ko’paytirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo’yicha takliflar ilgari surildi.
DALA TADQIQOT ISHI: Yapon professori Maki Asano o‘zbek hamkasblar bilan
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
HALQARO SEMINAR: Yevropada O‘zbekiston Tuproqshunos olimlari ilmiy-amaliy tajribalarini yanada mustahkamlashmoqda
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining 3 nafar olimari Portugaliyada tuproq biologik xilma-xilligi bo‘yicha o’quv seminarda ishtirok etmoqda.
FAO va Koimbra universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro seminarda Canada, Braziliya, Costa Rica, Mexika, Trinidad Taboga davlatlaridan kelgan soha olimlari ishtirok etmoqda.
Maqsad - Tuproq biologik xilma-xilligini baholash, monitoring qilish va ushbu yo‘nalishda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha ilg‘or nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish va tajriba almashishdan iborat.
Portugaliya — Janubi-G‘arbiy Yevropada joylashgan, Atlantika okeaniga chegaradosh davlat. Mamlakat relyefi tepaliklar, past tog‘lar va qirg‘oqbo‘yi tekisliklaridan iborat. Portugaliya qishloq xo‘jaligida uzumzorlar, zaytun bog‘lari va g‘alla yetishtirish muhim o‘rin tutadi.
Tuproq va ekologiya sohasida Koimbra universitetida bir nechta ilg‘or ilmiy markazlar faoliyat yuritadi. Ular orasida Tuproq biologiyasi, Ekologiya, Atrof-muhit fanlari va Ekotizim xizmatlari bo‘yicha bo‘limlar ajralib turadi. Universitet ilmiy-tadqiqotlar orqali tuproqning ekologik funksiyalari, biologik xilma-xilligi va barqaror boshqaruvi bo‘yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etmoqda.
Seminar ishtirokchilari Portugaliyaning eng baland tog‘ tizmasi bo‘lgan Serra-da-Estrelaga tashrif buyurib, tuproqdagi biologik xilma-xillikni o‘rganish uchun namuna olish ishlarini olib borishdi. SoilBON protokollari asosida maxsus asboblar bilan jihozlangan holda, nsmunsls olish va saqlash usullarini amalda qo‘llashdi.
Shuningdek Koimbra universiteti laboratoriyalarida mikroartropodlar — kichik tuproq hasharotlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanishdi. Laboratoriya mutaxassislari Sara Mendesh, Filipa Reysh, Rikardu Leytaolar ishtirokida tuproqdagi enzimlar faolligi, mikroorganizmlar respiratsiyasi va microorganizmlarni ajratish bo‘yicha usullar, jumladan Tullgren uskunasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Muxtasar qilib aytganda ushbu xalqaro seminar nafaqat amaliy va ilmiy ko‘nikmalarni oshirishga, balki tuproq biologik xilma-xilligiga doir global muammolarni birgalikda hal qilish uchun hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi. Institutimiz tadqiqotchilarining xalqaro seminar jarayonlarida faol ishtirok etayotgani — ularning xalqaro darajadagi ilmiy tajribasini boyitish va kelgusi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy asos va amaliy tajriba — yangi yondashuvlar sari qadam
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Avval xabar berib borganimizdek, qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda ilmiy tadqiqot institutlari rahbar va xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari Misr Arab Repsublikasida xizmat safarida bo‘lib turibti.
Ma’lumot uchun: qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlaridan iborat ishchi guruh a’zolari tarkibida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, Shuhrat Bobomurodov hamda bo‘lim boshlig‘i Jahongir Qo‘ziyevlar ham faol ishtirok etishmoqda.
Ishchi guruh a’zolari “Misr Davlat tuproq laboratoriyasi”ga tashrif buyurishdi.
Ushbu laboratoriya Misrda yagona, markazlashgan tashkilot emas. Buning o‘rniga, bir nechta tashkilotlar va laboratoriyalar qishloq xo‘jaligi, qurilish va atrof-muhitni o‘rganish kabi turli maqsadlar uchun tuproq sinovlari va tahlillari o'tkaziladi.
Yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlangan mazkur laboratoriya Qishloq xo‘jaligi tuproqlarini tezroq, maksimal aniqlik bilan tahlil qilish imkonini beradi. Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki tuproq laboratoriyasida har qanday qishloq xo'jaligini boshqarish dasturi uchun qishloq xo‘jaligi tuproqlarini to‘g‘ri tahlil qilish qanchalik muhimligini hisobga olib yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Hozirgi kunda halqaro miqyosda 3-o‘rinda turadigan “Misr Davlat tuproq laboratoriyasi” qishloq xo'jaligi tuproqlari tahlillari natijasining yuqori sifati bois eng tezkor va raqobatbardosh tahlil laboratoriyasi hisoblanadi.
Shuningdek delegatsiya a’zolariga misrlik mutaxassislar tomonidan zamonaviy priborlar bilan jihozlangan ushbu laboratorida tuproqni ham o‘simlikni ham, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toksikodlar, og‘ir metallar, pestitsidlarni ham juda tezkorlik bilan 24 soat ichida aniqlash imkoniyati mavjudligi haqida tushunchalar berib o‘tishdi.


















