Yashil makon
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
|
|
|
Yashil makon Hashar
⏳Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida yurtimizning barcha go‘shalarida manzarali daraxt va mevali ko‘chat ekish ishlari jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda.
🌟Ushbu loyiha doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni yashil makonga aylantirish maqsadida kuni kecha Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari Bo‘stonliq tumanida tashkillashtirilgan hashar ishida faol ishtirok etishdi.
🌟Navro‘z bayrami kuni yaqinlashishi bilan unga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining eng birinchi galdagi amallaridan biri hashar ishi hisoblanadi. Bugun ana shu hashar ishi institut hududida ham tashkil etildi. Institut binosi atroflari ozoda, sarishta, tartibli holatga keltirildi. Bundan tashqari ko‘chatlar ekish, ekilgan ko‘chatlar parvarishlandi. Uyur-uyur chiqindilar belgilangan joylarga olib chiqib ketilishi ham ta’minlandi.
💬Tuproqshunos olimlarning ta’kidlashicha mazkur “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbiri avvalo jannatmakon yurtimizni yanada yashillikka burkanishida asosiy omil bo‘lsa, tuproqlarimizda esa tabiiy va antropogen ifloslanish ta’sirida yuzaga kelayotgan ekologik tahdidlarning salbiy oqibatlaridan himoya qilish imkoniyatini vujudga keltirar ekan...
ILMIY_SEMINAR
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
🌟Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, Niyazmetov Umidbek Xudayberganovichning “QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINI TUPROQ XUSUSIYATLARIGA KO‘RA GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI (GAT) TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OPTIMAL JOYLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI” mavzusidagi 03.00.13 – Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor UMIDBEK NIYAZMETOVga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.
AFG‘ONISTONGA MOBIL LABORATORIYA TORSHIRILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar



AFG‘ONISTONGA MOBIL LABORATORIYA TORSHIRILDI
O‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Bugungi kunda Afg‘oniston bilan barcha sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan keng qamrovli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qishloq xo‘jaligi sohasida amalda bajarilayotgan ishlar ko‘lami ham bunga yaqqol misol bo‘laoladi.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi bilan ham qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, don va dukkakli ekinlarni yetishtirish, tuproqshunoslik, chorvachilik yo‘nalishlarida hamkorligi tomonlarning o‘zaro manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati rahbarlari kelishuviga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan tuproq tahlillarini olib borishga ixtisoslashgan va barcha zaruriy uskunalar bilan jihozlangan mobil laboratoriya Hayraton postida Afg‘oniston tomoniga taqdim etildi.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, mobil laboratoriya Kobulga yetkazilgandan so‘ng mamlakatimizning tuproqshunos olimlari tomonidan afg‘onistonlik tuproqshunos izlanuvchilar uchun 3 kunlik seminar-treninglar o‘tkaziladi.
IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar



IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
🟢Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh. Bobomurodov olib bordi.
🔴Majlis kun tartibiga ko‘ra, Xoldarov Davronbek Madaminovichning “Farg‘ona vodiysi sho‘rlangan tuproqlari biogeokimyosi va ulardan foydalanish yo‘llari” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bagishlandi.
Talabgor olib borgan ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Davronbek Xoldarovning tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.
HAMKORLIK SARI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar



O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida hamkorlik qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘p imkoniyatlar mavjud. Shular jumlasidan qishloq xo‘jaligi sohasida ham. Faqatgina ularni ishga sola bilsakkina manfaatlar yuzaga keladi.
Bugun Yaponiyaning Tsukuba Universiteti professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida bo‘lishdi.
Institut direktori Shuhrat Bobomurodov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yaponyaliklar tomonidan ilgari surilgan “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi xususida bo‘ldi.
🔗Yaponiya tarafidan bu yo‘nalishda O‘zbekiston tuproqlarida hamkorlikda tadqiqot ishlarini yuritishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tadqiqot hududini belgilash, tuproq haqidagi ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, sohada ilg‘or ilmiy yechimlarni hisobga olgan holda o‘z taklif va tavsiyalarini berish, yangi ilmiy va texnologik yutuqlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida loyiha doirasida har ikki tomon joriy yilning may oyidan boshlab hamkorlikda tuproq tadqiqotlarini olib borishga kelishib olindi.



